O‘zbekiston | 10:45 / 18.10.2022
7906
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «HOWO» yuk avtomobili aholi yashash uyiga borib urildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

18 oktabr kuni ertalab soat 06:55 larda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona halqa yo‘lida harakatlanayotgan «HOWO» rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uyiga borib urilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, voqea joyiga qisqa vaqt ichida qutqaruv guruhi yetib borib, haydovchini yuk avtomobilidan chiqarib olgan hamda zaruriy birinchi yordam ko‘rsatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida uyga zarar yetgan, haydovchidan boshqa jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid