O‘zbekiston | 10:52 / 18.10.2022
3672
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahri respublikada doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hudud deb topildi

Doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan top-10 hududlar ma’lum qilindi.

Namangan shahri

2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar bo‘yicha Namangan shahri yetakchilik qilyapti – 673,8 ming kishi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 570,4 ming kishi hamda 541,7 ming kishi bo‘lgan Samarqand shahri va Urgut tumani joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Andijon shahri – 465,7 ming kishi;
  • Denov tumani – 407,1 ming kishi;
  • Olmazor tumani – 392,4 ming kishi;
  • Past Darg‘om tumani – 372,9 ming kishi;
  • Yunusobod tumani – 364,8 ming kishi;
  • Shayxontohur tumani – 358,9 ming kishi;
  • Asaka tumani – 345,5 ming kishi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid