Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 51 mln dollarlik elektromobillar olib kelindi
O‘zbekistonliklar o‘tgan 9 oyda elektromobillar importiga 51,3 mln AQSh dollari sarflagan.
Foto: Megawatt Motors
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 51,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 629 dona elektromobillar import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning sentabr oyida 130 ta elektromobil import qilingan.
O‘zbekistonga joriy yilning 9 oyida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1 422 dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- BAA – 111 dona;
- Germaniya – 41 dona;
- Hongkong – 31 dona;
- Litva – 10 dona;
- Koreya – 7 dona;
- boshqa davlatlar – 7 dona.
Mavzuga oid
09:25
O‘zbekistonda iqtisodiy zonalar va klasterlar soni ma’lum qilindi
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
08:27 / 16.02.2026
O‘zbekistonda hunarmandlar taqsimoti: qaysi hudud oldinda?
15:43 / 14.02.2026