Fan-texnika | 20:45 / 18.10.2022
60910
2 daqiqa o‘qiladi

Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlovchi ilovalarning belgilari ma’lum qilindi 

Facebook ma’muriyati zararli dasturlarning uchta belgisini ma’lum qildi. 

Foto: Getty Images

Ijtimoiy tarmoq mutaxassislari platformadagi akkauntlardan login va parollarni o‘g‘irlaydigan 400 ga yaqin ilovalarni aniqladi. Zararli ilovalar Google Play Store va App Store rasmiy marketpleysiga joylashtirilgan. Minglab odamlar shunday ilovalarni yuklab olishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. 

«Foydalanuvchi zararli dasturni o‘rnatganida, u Facebook tizimiga kirishni so‘raydi va keyin shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi», deb tushuntirdi ekspertlar. 

Kompaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirish talabini qo‘yuvchi ilovalar eng xavflidir. 

«Facebook foydalanuvchisining login va parolini talab qiladigan dasturlardan, masalan, fotosuratlarni tahrirlash ilovalaridan ehtiyot bo‘ling», demoqda mutaxassislar. 

Ilovaning xavfli ekaniga marketpleyslardagi salbiy izohlar va past reytinglar ham dalolat berishi mumkin. Yana bir belgisi — ilova va’da qilgan funksiyalar bilan avtorizatsiyadan keyingi haqiqiy funksiyalar o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. 

Mavzuga oid