O‘zbekiston | 10:40 / 19.10.2022
12074
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 37-sessiyasida Amanbay O‘rinbayevga yangi o‘rinbosar saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati xabar berdi.

Amanbay O‘rinbayevning yangi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan Rustam Saparbayev 2021 yildan shu kungacha Vazirlar Kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2022 yilning avgust oyida Omanbay O‘rinbayev va Rustam Saparbayev Jo‘qorg‘i Kenges deputati etib saylangandi.

Rustam Saparbayev 1982 yili Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi — yurist, siyosatshunos. U 2004 yili Qoraqalpoq davlat universitetini, 2008 yili O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugatgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yildan buyon Jo‘qorg‘i Kenges raisi o‘rinbosari lavozimida Otabek Davletov faoliyat yuritayotgandi.

Mavzuga oid