O‘zbekiston | 10:22 / 19.10.2022
2182
3 daqiqa o‘qiladi

Raqamli texnologiyalar va chet tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tashkil etiladi

“Raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining:

Kitob tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzurida davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini tashkil etish;

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Paxtakor ko‘chasi, 1-A-uy manzilida joylashgan mehribonlik uyi binosi maktabga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Quyidagilar markaz asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentlarni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish;
  • internet jahon axborot tarmog‘ining UZ domenida foydali ma’rifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratish;
  • milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish borasida ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgatish va ular ijobiy jihatlarini milliy amaliyotga joriy etish;
  • xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash;
  • xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, til asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa o‘rgatuvchi kontentlar orqali yoshlarga o‘rgatish;
  • o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, til bilish imkoniyatlarini targ‘ib qilish orqali xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish;
  • o‘quvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni hosil qilish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid