O‘zbekiston | 07:34 / 20.10.2022
1962
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonda tog‘-kon va neft-kimyo sanoatidagi ishtirokini faollashtiradi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Marisa Lago bilan uchrashdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Muloqotda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama investitsiyaviy bitimni imzolash jarayonini tezlashtirish, Amerika kompaniyalari va moliya institutlarini O‘zbekistonda tog‘-kon, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston-AQSh ikki tomonlama savdo hajmini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ikki tomonlama mahsulot yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish jarayonini moliyaviy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida AQSh tomonidan boshqa uslublar qatorida, USAID texnik ko‘mak loyihasini amalga oshirish orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi. Tomonlar O‘zbekistonning ushbu tashkilotga tezroq a’zo bo‘lishi maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid