Jahon | 21:47 / 20.10.2022
13871
2 daqiqa o‘qiladi

Kennedining nabira jiyani Ukrainada ko‘ngilli sifatida jang qilgan 

AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedining nabira jiyani Konor Kennedi Ukrainadagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etganini aytib berdi. 

Foto: Instagram

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqaro legioni tarkibida qisqa muddat urush zonasida bo‘lgan. 

«Ko‘pchilik qatori men yil davomida Ukrainada sodir bo‘lgan voqealardan qattiq ta’sirlandim. Men yordam bermoqchi edim. Ukraina xalqaro legioni haqida eshitganimda, unga qo‘shilishim kerakligini tushundim. Ertasi kuni ro‘yxatdan o‘tish uchun elchixonaga bordim», — deb yozdi Konor Kennedi ijtimoiy tarmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat bir kishiga legionga qo‘shilganini aytgan, yana biriga esa haqiqiy ismini oshkor qilgan. 

«Men oilam yoki do‘stlarimning tashvishlanishini xohlamadim va ular menga boshqacha munosabatda bo‘lishini ham xohlamadim», deb tushuntirdi Kennedi. 

Fevral oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xalqaro legionini tuzdi. Unga Ukraina tomonidagi jangovar harakatlarda qatnashayotgan xorijiy ko‘ngillilar qo‘shilishdi.  

Jon Kennedi — siyosiy, davlat va jamoat arbobi, 1961 yilda AQSh prezidentligiga saylangan. 1963 yilda Dallas shahrida uyushtirilgan suiqasddan keyin vafot etgan.  

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid