Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga mobil telefonlar asosan Xitoydan olib kelinyapti
O‘zbekistonga 9 oyda qariyb 2,2 mln dona telefon import qilingan
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga mobil telefonlar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan.
O‘zbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1,6 mln dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- BAA – 247,4 ming dona;
- Vetnam – 156,5 ming dona;
- Hindiston – 153,8 ming dona;
- Qozog‘iston – 25,4 ming dona;
- Koreya – 2,1 ming dona.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:29 / 15.05.2026