Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Eron harbiy dronlarini sotib olish uchun ariza berdi
Yigirmadan ortiq davlat Eronda ishlab chiqarilgan harbiy dronlarni sotib olish uchun rasmiy taklif yuborgan.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq qo‘mondoni va Eron oliy rahbari bosh harbiy yordamchisi, general-mayor Yahyo Rahim Safaviy ma’lum qildi.
«Eron harbiy dronlarini sotib olishga hozirgi nomzod davlatlar Armaniston, Tojikiston, Serbiya, Jazoir, Venesuela va boshqalar», dedi Safaviy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 1979 yilgi islom inqilobidan oldin Eron o‘zining harbiy ehtiyojlarining 80 foizini xorijdan, birinchi navbatda, AQSh va boshqa G‘arb davlatlaridan import qilgan bo‘lsa, hozir hamma narsani o‘zi ishlab chiqarmoqda.
Tojikistonning harbiy tuzilmalari bu xabarga izoh bermadi.
Shu yilning may oyida Tojikistonda Eronning Abobil-2 dronlarini ishlab chiqaruvchi korxona ochilgani haqida Eron matbuoti xabar bergan edi. Tojikiston tomoni bu borada rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi.
Mavzuga oid
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026