Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada birinchi ayol bosh vazir saylandi
Jorja Meloni Italiyaning birinchi ayol bosh vaziri bo‘ldi va mamlakat hukumatini shakllantirish mandatini oldi.
Bu haqda prezident ma’muriyati bosh kotibi Ugo Dzampetti ma’lum qildi.
«Prezident Serjo Mattarella bugun Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish mandatini berdi, u buni qabul qildi», dedi u.
Yangi hukumat 22 oktyabr kuni qasamyod qiladi.
25 sentabr kuni Italiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazildi. Unda 26 foiz ovoz to‘plagan Jorja Meloni rahbarligidagi o‘ng markazchi «Italiya birodarlari» (neofashistlar) partiyasi g‘alaba qozondi. Uning asosiy raqibi Demokratik partiya 19 foiz ovoz to‘pladi. Keyingi o‘rinlari «5 yulduz harakati» (15,4 foiz), «Liga» partiyasi (8,7 foiz), «Olg‘a Italiya» (8,1 foiz) egalladi.
Shu asosda «Italiya birodarlari» partiyasi parlamentda 119 o‘ringa ega bo‘lishdi. Bu Demokratik partiya (69) ega bo‘lgan o‘rinlardan qariyb ikki barobar ko‘pdir.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026