Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etadi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Baxit Toroboyev o‘rtasida videokonferensiya tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish sohasida qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobillar, qurilish materiallari, kalsiy karbid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasi va quvvati 6,7 MVt bo‘lgan «Kogart» kichik gidroelektr stansiyasini qurish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar investitsiya kelishuvlari to‘plamini ishlab chiqishni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilib, tomonlar birgalikda oziq-ovqat va urug‘lik kartoshka yetishtirishni tashkil qilish, chorvachilik komplekslarini yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, issiqxonalar uchun uskunalar va jun mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlik sohasida yo‘lovchi avtobuslari va temiryo‘l tashishlarini qayta tiklash, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, «Irkeshtam - Daroot - Qo‘rg‘on - Uch-Qo‘rg‘on» avtomobil yo‘lini qurish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar bu yo‘nalishda barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuvda alohida tartibda Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi 10-yig‘ilishi va biznes-forumni ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari ishtirokida yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026