Professor maktab darsliklari tuzishdagi qat’iy bosqichlarni sanadi
Sifatli darslikni yo‘l-yo‘lakay yaratib bo‘lmaydi. Eng munosib mualliflar tanlab olinib, ularning erkin ishlashi uchun sharoit yaratilishi, tajriba-sinovlar, ilmiy va metodik ekspertizalar o‘tkazilishi kerak. Bunday ulug‘ ishda “tez-tez bo‘llaring” tamoyili faqat salbiy natijaga olib keladi, deydi filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev.

Bugun darsliklar haqida bo‘layotgan gap-so‘zlar asossiz emas. Darsliklarning yaratilish jarayonida ham qator muammolar borki, bu muammolar yechimisiz sifatli va davr talablariga mos darsliklar yaratish mumkin emas. Darsliklarda o‘tmish va xorijning ilg‘or tajribalari omixtalashishi kerak. Ulardan bittasi bo‘lmasa ham, milliy darslik bo‘lmaydi.
Darslik fanning qaysi sohasi bo‘yicha tuzilayotgan bo‘lsa, mazmuni shu fanning o‘rganish obektidan uzilib ketishi mumkin emas. Masalan, bugungi kunda grammatikadan qochish, nutq o‘stirishga ustuvorlik berish talabi qo‘yilayotgan “Ona tili” darsliklarida adabiy til me’yorlarini aks ettirgan til bilimlaridan uzilish holatlari ko‘zga tashlanmoqda. To‘g‘ri, “Ona tili” tilshunoslik emas, ammo undan xoli bo‘lishi ham mumkin emas. “Grammatika” (og‘zaki va yozma nutq uchun zarur umumiy grammatik qonuniyatlar) va “grammatizm” (grammatikaga ruju qo‘yish, “Ona tili” predmetini tilshunoslik faniga aylantirib yuborish)ni farqlash kerak. Grammatik bilimlar silsilasida me’yor saqlanishi lozim.
Bachkanalik bo‘lsa ham, aytish joiz, darsliklar shon-shuhrat vositasiga ham aylanib bormoqda. Shuning uchun Vazirlik darslikni mualliflarga mehnat haqini to‘lab yozdirib olgach o‘zining nomidan chop etishi kerak. Darslikda muallif ismi-sharifi qayd etilishi maqsadga muvofiq emas. Muallifning familiyalari ichki hujjatlarda aks etsa, yetarli.
Darslik ta’lim oluvchining yangi materialni o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun yosh va fiziologik xususiyatlariga mos ravishda quriladi. Jahon tajribasida darslik tegishli kompetensiya va tajribaga ega (yuqori toifali o‘qituvchilar, olimlar) mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. U – yillar davom etishi kerak bo‘lgan murakkab ijodiy jarayon. Shoshma-shosharlik bilan darslik yozib bo‘lmaydi. Darslik qancha tez yozilsa, umri shuncha qisqa bo‘ladi.
Darslik yaratish quyidagi qat’iy bosqichlardan o‘tishi lozim:
1. Qonuniy asoslarini yaratish. Bunda dastlab darslik yaratish bo‘yicha barcha “ikir-chikir”largacha qamrab olgan Nizom bo‘lishi lozim. Unda darslikka qo‘yiladigan “qattiq” talablar o‘z ifodasini topishi kerak. Zotan, maktab darsligi – o‘quvchi dunyoqarashini, unda milliy mafkura va ma’naviyatni shakllantiruvchi asosiy vosita. Bugungi kunda amaldagi darslik mualliflariga bunday talablar begona. Shu boisdan mamlakatimizda yaratilayotgan darsliklarda mualliflar nuqtai nazarlari ustuvorlashib ketmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan noroziliklarni keltirib chiqarayotir.
2. Ijodiy sharoit yaratish. Darsliklarni asosiy ishdan ajralmagan holda yaratish mumkin emas. Darslik yosh avlod tafakkuri, ruhiyati va dunyoqarashining tamal toshi ekan, sifatli darslikni yo‘l-yo‘lakay yaratish imkoni yo‘q. Mualliflar uchun ijodiy muhit va sharoit yaratilishi maqsadga muvofiq. Darslik yaratish jarayonida muallifning ijtimoiy faoliyati bo‘linmasligi kerak. Darslik yozilib bo‘lguncha uning fikru zikri darslikka yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Hozirgi darslik yaratuvchilar asosiy ishdan ortgan vaqtlarini, mehnat ta’tillarini bu ishga sarflaydilar. Buning ustiga qisqa vaqt berilib, shoshma-shosharlik bilan yo‘l tutiladi. Axir, bunday ulug‘ ishda “tez-tez bo‘llaring” tamoyili faqat salbiy natijaga olib keladi.
3. Kompetentli kadrlarni tanlash. Darslikni ko‘p hollarda maktab o‘qituvchilaridan tortib oldik. Ayrim darsliklarda maktabda bir soat ham ishlamagan mutaxassislar jamoasi mualliflardir. Ahvol shu darajaga yetdiki, hatto talabalar ham darslik yoza boshladi. Mutaxassisni nomutaxassisdan ajratib bo‘lmay qoldi. Aslida tajribali maktab mutaxassis-o‘qituvchilari ishtirokisiz darslik yaratish mumkin emas. Axir, ular iste’molchi, o‘quvchi tafakkuri, ruhiyati darajasini ular biladi. Hatto har qanday darslik yaratilishida psixolog-mutaxassisning ham ishtiroki ta’minlanishi kerak.
4. Tajriba-sinov ishlari. Bir vaqtlar ustozlarimiz darslik yozishganining guvohi bo‘lganmiz. Ular bir yil mobaynida har bir darsni belgilangan maktablarda sinovdan o‘tkazishar edi. Mualliflar o‘sha maktabda har bir mavzuni amalda o‘tib berishar edi. Muammolar amaliyotdan kelib chiqib bartaraf qilinar edi. Mualliflar tanlovi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. U “yeng ichida” o‘tadigan bir bosqich.
5. Mas’ul muharrir va taqrizchilar. Darslikning haqiqiy bahosini taqrizchilar berishi, mas’ul muharrir mas’uliyatni zimmasiga olishi belgilangan. Ammo quruq rahmat taqrizchi va mas’ul muharrirlarning ishlamasligiga olib keldi. Hozirgi amaliyotda taqrizchilar ham, mas’ul muharrir ham tayyor taqrizga shunchaki imzo qo‘yib berishadi. Hatto mas’ul muharrir imzo ham qo‘ymaydi, ular darslikni ko‘rishmaydi ham.
6. Darsliklar muhokamasi va ekspertizasi. Darsliklar muhokamasi ham o‘lda-jo‘lda. Ta’lim markazidagi O‘quv metodik-kengash ishlamaydi desa ham bo‘ladi. Tugallangan darslik ilmiy, mazmuniy va metodik ekspertizadan o‘tkazilmaydi ham. Menimcha, darslikning og‘irligi, harflarning katta-kichikligi bo‘yicha qandaydir ekspertizaga o‘xshagan bir amaliyot bo‘lsa kerak.
Agar ushbu tizim oqilona va amalda yo‘lga qo‘yilsa, darsliklar millatga gap-so‘zsiz ma’qul bo‘ladi.
Baxtiyor Mengliyev,
professor
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi
Jahon | 12:18
-
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Jahon | 12:15
-
“Akromjon emas, Xamitbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
Jamiyat | 12:11
-
Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi

18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin

14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi

11:54 / 29.09.2024