Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy kompleksda ishlayotgan xodimlar markaziy apparatda malaka oshirishi amaliyoti joriy etiladi
“Iqtisodiy kompleks idoralari hududiy idoralarida faoliyat yuritayotgan xodimlar markaziy apparatda malaka oshirish amaliyotini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Bandlik vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hududiy boshqarma va bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan malakali va iqtidorli xodimlar tegishli vazirlik va idoralar markaziy apparatida malaka oshirish amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Quyidagilar: iqtisodiy kompleks idoralari hududiy boshqarma va bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan malakali va iqtidorli xodimlar iqtisodiy kompleks idoralari markaziy apparatida kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish amaliyoti bo‘yicha namunaviy tartib; iqtisodiy kompleks idoralari hududiy boshqarma va bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan malakali va iqtidorli xodimlar iqtisodiy kompleks idoralari markaziy apparatida malaka oshirishi amaliyoti joriy etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- malakali xodimlar iqtisodiy kompleks idoralari markaziy apparatida malaka oshirish amaliyoti 2023 yil 1 yanvardan boshlanib, bir yillik muddat davomida amalga oshiriladi hamda har yili yangi malakali xodimlar jalb qilib boriladi;
- malaka oshirish amaliyotiga iqtisodiy kompleks idorasi hududiy boshqarma va bo‘linmalaridan har bir hudud bo‘yicha 2 tadan ko‘p bo‘lmagan, jami 28 tadan ko‘p bo‘lmagan malakali xodimlar jalb qilinadi;
- iqtisodiy kompleks idoralari markaziy apparatida malaka oshirishga jalb etilgan har bir xodimga malaka oshirish rahbari tayinlanadi hamda tashkilot birinchi rahbari tasdiqlaydigan shaxsiy ish rejasi ishlab chiqiladi;
- malaka oshirishni o‘tagan xodimlar 5 yilgacha mazkur qaror asosida qayta malaka oshirish amaliyotiga jalb qilinmaydi;
- malaka oshirishga jalb etilgan xodimlar asosiy ish joyi, oylik ish haqi va barcha turdagi qo‘shimcha to‘lovlari saqlab qolinadi;
- malaka oshirishga jalb etilgan xodimlarga Toshkent shahrida yashash davridagi uy-joy ijarasi to‘lovi uchun bazaviy hisoblash miqdori 7 barobarigacha miqdoridagi mablag‘ vazirlik va idoraning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi;
- malaka oshirishga jalb etilgan xodimlar malaka oshirish amaliyoti davomidagi kundalik xarajatlar hamda bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga borib kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlari belgilangan tartiblar asosida asosiy ish joyi tomonidan to‘lab beriladi;
- malaka oshirishga jalb etilgan xodimlar malaka oshirishda bo‘lgan davrida ushbu xodim lavozim vazifalari boshqa xodimga vaqtincha yuklatiladi, ushbu lavozimga boshqa shaxslar ishga qabul qilinmaydi;
- malaka oshirishni muvaffaqiyatli o‘tagan va yuqori natijaga ega bo‘lgan xodimlarga tashkilot budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan lavozim maoshi ikki baravari miqdorida bir martalik mukofot beriladi va uning lavozimini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- Malaka oshirish yakunida eng yuqori natijalar ko‘rsatgan xodimlarga “zaxiradagi rahbar” maqomi beriladi va ular nomzodlari vazirlik rahbariyati tavsiyasiga asosan prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga rahbar xodimlar zaxirasiga olish uchun tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:46 / 10.06.2026