Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori instansiya sudi tomonidan sud qarorini bekor qilib, yangidan ko‘rish uchun quyi sudga yuborish amaliyoti tugatiladi
“Sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, fuqarolar buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini yanada kengroq himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini tekshirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda va sud qarorlarini qayta ko‘rish yangi tartibi joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra, ishlar:
- tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan birinchi instansiyada;
- viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlari apellyatsiya tartibida yoki qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjatlari kassatsiya tartibida hamda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari taftish tartibida;
- viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya hamda taftish tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan shikoyatlar (protestlar) Oliy sud iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida, alohida hollarda Oliy sud iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan Oliy sud rayosatida taftish tartibida takroran ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Sud qarorlari barqarorligini, ish bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinishini ta’minlash maqsadida yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi sudlar qarorini bekor qilgan holda yangidan ko‘rish uchun quyi sudga yuborish amaliyotini tugatish nazarda tutilmoqda.
Yuqoridagi tartiblar joriy etilishi munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeks umumiy qoidalariga oid moddalariga, apellyatsiya va kassatsiya instansiyaga oid boblariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritishga oid qoidalarni belgilovchi 36-bob bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026