Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand MDH parlamentlararo assambleya sessiyasiga mezbonlik qiladi
27-28 oktabr kunlari Samarqand shahrida ilk bor Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) parlamentlararo assambleyasi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va ekspertlar ishtirok etadi.
27 oktabr kuni assambleya madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyalari majlislari bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentlari yosh a’zolari MDH ishtirokchi davlatlari yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisiga yig‘iladi. MDH PA kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlik masalalarini muhokama qiladi, 2022 yilda o‘tkazilgan tadbirlar yakunlarini sarhisob qiladi, MDH makonidagi saylov kampaniyalari monitoringi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi.
28 oktabr kuni MDH PA 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Parlament a’zolari saylov mavzusidagi ko‘plab namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan. Deputatlar va senatorlarga bir qator boshqa qonun loyihalari ham taqdim etiladi, ulardan keyinchalik hamdo‘stlik mamlakatlari milliy qonunchiligida foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026