Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shtaynmayyer Xitoyga iqtisodiy qaramlikka tushib qolmaslik haqida ogohlantirdi
Yevropa endi «savdo orqali transformatsiya» tamoyiliga tayanmasligi kerak, dedi Germaniya prezidenti. Rossiya bilan munosabatlar tarixi iqtisodiyotdagi hamkorlik siyosiy yaqinlashuvning kafolati emasligini isbotlaydi, deya tushuntirdi u.
Foto: Reuters
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Germaniya va Yevropaning Xitoyga haddan tashqari iqtisodiy qaramligidan ogohlantirdi. Shtaynmayyer Ukrainaga tashrifi chog‘ida 25 oktyabr, seshanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: «Savdo orqali o‘zgartirish» tamoyili biz kelajakda umid qiladigan narsa emas».
«Yevropa-Rossiya va Germaniya-Rossiya munosabatlari tarixi iqtisodiy hamkorlik siyosiy yaqinlashuvga olib kelishi kafolatlari yo‘qligidan dalolat beradi. Endi barchamiz bu aldanish oqibatlari bilan yashashimiz kerak», - dedi Germaniya davlat rahbari Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishini nazarda tutib.
«Kelajak uchun bu biz saboq olishimiz kerakligini, ular mavjud bo‘lgan joyda bir tomonlama qaramlikni kamaytirishimiz kerakligini anglatadi. Bu, birinchi navbatda, Xitoy bilan munosabatlarga taalluqlidir. Xitoyning qo‘shnilari bilan yanada faolroq aloqa qilish muhim. Bu, albatta, Xitoy bilan savdo o‘rnini bosa olmaydi, lekin Janubi-Sharqiy Osiyo bilan munosabatlarni yangicha tarzda tiklashi mumkin», - deya tushuntirdi Germaniya prezidenti.
Mavzuga oid
16:21 / 19.02.2026
Mers Germaniyada yadroviy qurol paydo bo‘lishini istisno etdi
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
15:27 / 16.02.2026