Jahon | 09:41 / 27.10.2022
10107
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga qarshi terrori haqida ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakat energetika tizimiga zarbalarini misli ko‘rilmagan, deb atadi. 

Foto: president.gov.ua

«Rossiyalik terrorchilar bizning energetika sohamiz uchun shunday og‘ir sharoitlarni yaratib berishdiki, Yevropada hech kim buni shunchaki ko‘rmagan yoki uchratmagan. Mutaxassislarimiz hozirda yengib o‘tishga majbur bo‘layotgan tahdidlar avval yo‘q edi», - dedi u kechki videomurojaatida. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda, energiya sarfini cheklash zarur». 

«Ammo barchamiz bir narsani yodda tutishimiz kerak: energetika sohasida ham Rossiya ustidan g‘alaba qozonish lozim», — deya qo‘shimcha qildi u. 

Zelenskiy yana bir bor ukrainaliklarni elektr energiyasini iste’mol qilishni cheklashga chaqirdi: «Endi biz, barcha ukrainaliklar energiyani ongli ravishda iste’mol qilishimiz kerak. Iltimos, umumiy energiya tizimida taqchillik mavjud bo‘lsa-da, har biringiz o‘zingizning elektr energiyasi iste’molini cheklash sxemasini tanlang».

Bundan oldin Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Rossiyadagi vaziyatni «1984» antiutopiya romanidagi voqealar bilan solishtirib, kitobni mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga misol qilib keltirish mumkin, degandi.

Zelenskayaning so‘zlariga ko‘ra, romanda tasvirlangan voqealar «bugungi kunda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealarga misoldir». 

Asarda total diktatura rejimi hukmronlik qilayotgan va amalda to‘xtamaydigan davlat targ‘iboti yuksak darajada rivojlangan, siyosiy rahbariyatning harakatlariga nisbatan norozilik va shubhalar maxsus xizmatlar tomonidan qattiq jazolanadigan davlat tasvirlangan. 

Shu bilan birga, mamlakat boshqa davlatlar bilan urushlar olib boradi, ammo fuqarolar bu voqealar haqidagi barcha ma’lumotlarni faqat o‘ziga ma’qul tarzda ma’lumot beruvchi tashviqot manbalaridan oladi.

Mavzuga oid