O‘zbekiston | 15:57 / 28.10.2022
9131
2 daqiqa o‘qiladi

“Farzandlarga nimani qoldiramiz?” - Jurnalist mas’ullarning ekologik muammolarga o‘ta jo‘n qarayotganini tanqid qildi

“40 daqiqa vaqt faqat qog‘ozdagi narsalaringizni o‘qib berishga ketdi. Bu yerdagilar muammoni ko‘tarib, yechimini olish uchun kelgan. Siz yechim bering bizga”, – dedi jurnalist Malohat Ortiqova Ekologiya qo‘mitasi rahbari bilan matbuot anjumanida.

27  oktyabr kuni “Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi holati kelib chiqish sabablari va ko‘rilayotgan choralar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda jurnalist Malohat Ortiqova mas’ullarning O‘zbekistondagi ekologik inqiroz haqida jiddiy bosh qotirmayotgani, muammolarga kelganda ularni o‘ta jo‘n izohlayotganini, shuningdek, tashkil qilinayotgan matbuot anjumanlari ham natijasiz, faqat hisobot uchun o‘tkazilishini tanqid qildi.

“Kechirasizlar, bunga xuddiki normal va bo‘lishi kerak bo‘lgan holatdek gapiryapsizlar. Mayli, biz umrimizning katta qismini yashadik, lekin farzandlarga nimani qoldiramiz?

Har bir ma’lumotlarini unaqa, bunaqa, chang buncha ko‘tarildi, bunaqa ishlayapmiz... Shu gaplarning pastida mana bu ishni qilaylik denglar, yo‘l ko‘rsatinglar hech bo‘lmasa. Daraxt ekaylik, suvni bunday qilib tejaylik, denglar.

Har kim faqat “galochka” (xo‘jako‘rsinga demoqchi – tahr.) uchun ishlamasin, iltimos. Bu matbuot anjumanining maqsadi sizlarning hisobotlaringizni eshitish emas. 40 daqiqa vaqt faqat qog‘ozdagi narsalaringizni o‘qib berishga ketdi. Bu yerdagilar muammoni ko‘tarib, yechimini olish uchun kelgan. Siz yechim bering bizga.

Ayting, siz uddalay olmayotgan joyda biz yordam beramiz, biz yelka tutamiz. Lekin muammolarimizga yechim topaylik, iltimos”, – deya mas’ullarga murojaat qilgan jurnalist Malohat Ortiqova.

Mavzuga oid