Jamiyat | 20:43 / 28.10.2022
13299
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarilish holati o‘rganildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish joriy holatini o‘rganish, ularning sifati va standartlarga muvofiqligini doimiy nazorat qilish, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berilishi jarayonlarini o‘rganish maqsadida “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi. 

Foto: O‘zbekneftgaz

Tashrif mobaynida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodining II navbati qurilmalarida olib borilayotgan texnologik jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Shu jumladan, 10-sonli havo ajratish qurilmasining II navbati asosiy sovitkichi ekspluatatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Qurilmalarda ekspluatatsiya davrini uzaytirish uchun o‘rganishlar olib borish va qurilmalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning doimiy ravishda bilim va malakalarini oshirib borishga qaratilgan ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, “Uzbekistan GTL” zavodini asosiy qurilmalaridan biri hisoblangan Fisher-Tropsh reaktorida olib borilayotgan texnologik jarayonlar, katalizatorlarni yuklash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi tomonidan GTL zavodining ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy hisoblangan 60-sonli vodorod ishlab chiqarish qurilmasining asosiy issiqlik almashtirgichi ekspluatatsiya jarayoni va vodorod ishlab chiqarish joriy holati o‘rganildi. 

Tashrif yakunida Boshqaruv raisi zavodning ishlab chiqarish jarayonini bir maromda va xavfsiz olib borish va kuz-qish mavsumida iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlarni yetkazib berilishi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Boshqaruv raisi “Uzbekistan GTL” zavodida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 145 ming tonnadan ortiq sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilganligini va uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinayotganligi va iste’molchilarga yetkazib berilayotganligini alohida e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, zavodda yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati 

Mavzuga oid