O‘zbekiston | 10:10 / 28.10.2022
1704
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekistonda raqamlashtirish darajasini oshirishga ko‘maklashadi

Toshkentda Yaponiya yetakchi kompaniyalari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish samarali mexanizmi bo‘lgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yaponiyaning eng yaxshi kiber, bio- va nanotexnologiyalarini uzatishni hisobga olgan holda IT va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yo‘nalishi ko‘rib chiqildi. Yaponiya tomoni O‘zbekistonda raqamlashtirish darajasini 70 foizga yetkazish va 2026 yil oxirigacha dasturiy mahsulotlar eksportini o‘n barobar oshirishni ta’minlash bo‘yicha rejalarga ko‘maklashish niyatini bildirdi.

Tadbir doirasida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar B2B va B2G uchrashuvlarini o‘tkazish va hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yakuniy bayonnoma va tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid