Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yevropalik sayyohlar eng ko‘p qismini Germaniya fuqarolari tashkil etishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida Yevroparlament Transport va turizm qo‘mitasi a’zosi Ismoil Ertug‘ bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ismoil Ertug‘ O‘zbekiston keyingi yillarda yevropalik sayyohlar orasida jozibador manzilga aylanganini ta’kidladi. U yevropalik sayyohlar eng ko‘p qismini Germaniya fuqarolari tashkil etishini qayd etdi. O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishga har tomonlama yordam ko‘rsatish, sayyohlik assotsiatsiyalari, Yevropa poytaxtlari aeroportlari ma’muriyatlari, turli sayyohlik forumlari va ko‘rgazmalari vakillari bilan aloqa o‘rnatish orqali ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston vakillarining 2023 yilda Belgiyada o‘tkaziladigan navbatdagi Global turizm forumida ishtirok etishi masalasini ishlab chiqish taklif qilindi. O‘zbekiston bunday tadbirlarda taqdim etilishi mamlakatning Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yanada kengroq tan olinishiga va yevropalik sayyohlar oqimi oshishiga xizmat qiladi.
Tomonlar O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida kengroq targ‘ib qilish maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026