Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sevastopoldagi Qora dengiz floti dronlar hujumiga uchradi
Bir qator portlashlardan so‘ng Sevastopol ko‘rfazi orqali o‘tadigan suv to‘sib qo‘yildi. Shaharning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi aloqa hozircha faqat avtobuslar orqali amalga oshirilmoqda.
Sevastopol ko‘rfazi va unda joylashgan Rossiya Qora dengiz flotining kemalari 29 oktyabr, shanba kuni uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan hujumga uchradi, deb xabar berdi Sevastopol «gubernatori» Mixail Razvojayev Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum ertalab soat 4.30da boshlangan va bir necha soat davom etgan, natijada uning ta’kidlaganidek, barcha dronlar urib tushirilgan. Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar ko‘rfaz suvlarida yerusti uchuvchisiz uchoqni yo‘q qildi, deb yozadi Razvozjayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Sevastopol kasb-hunar kolleji yotoqxonasida «baland ovozdan» deraza oynasi sinib ketgan, biroq hech kim jabrlanmagan.
Shu bilan birga, Ukraina ommaviy axborot vositalari Sevastopol aholisiga tayanib, soat 5:00lar atrofida «omborga zarba berilgani» haqida xabar qildi va portlash lahzasini aks ettiruvchi guvohlar videosini e’lon qildi.
Sevastopol ko‘rfaziga uchuvchisiz uchoqlar hujumi va qator portlashlardan so‘ng u yerda shaharning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi o‘tish joyi to‘sib qo‘yildi. Endi ular orasidagi aloqa faqat avtobuslar orqali amalga oshiriladi, qayiq va yaxtalar bormaydi.
19 oktyabr kuni Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim va Sevastopol shahrida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining oltita mintaqasida mamlakat prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan «o‘rtacha javob qaytarish» holati joriy etildi. Bu rejim aholini boshqa joyga ko‘chirish va ularning harakat erkinligini cheklash imkonini beradi.
31 iyuldan Sevastopolda Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga uchuvchisiz uchoqlar hujumidan keyin joriy qilingan yuqori darajadagi terror tahdidi rejimi ham amal qilmoqda. 28 oktyabrda u 12 noyabrgacha uzaytirildi.