BMT, Turkiya va Ukraina g‘alla kemalari harakati bo‘yicha kelishuvga erishdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Turkiya va Ukraina 31 oktyabr kuni 14 ta kemaning turk suvlarida harakatlanishi haqida kelishib oldi.
Ular Rossiya ishtirokisiz, Rossiya Federatsiyasi g‘alla bitimidan chiqqanidan bir kun o‘tib, Ukraina portlaridan oziq-ovqat eksportiga ruxsat beruvchi kelishuvga erishdi.
Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidan berilgan bayonotga ko‘ra, uch tomon delegatsiyalari 31 oktyabr kuni jo‘nab ketayotgan 40 ta kemada tekshiruv o‘tkazishga ham kelishib oldi.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya delegatsiyasi bu rejalar haqida BMT, Turkiya va Ukraina tomonidan xabardor qilingan.
Bundan oldin Rossiya Ukraina g‘allasi Qora dengiz bo‘ylab eksport qilinishini nazarda tutuvchi «g‘alla bitimi»dagi ishtirokini to‘xtatishi xabar qilingandi.
Bunday qaror Ukraina qurolli kuchlarining Sevastopoldagi kemalarga dronlar yordamida hujum uyushtirganidan keyin qabul qilindi.
Mudofaa vazirligi talqiniga ko‘ra, hujum qilingan kemalar «g‘alla yo‘lagi» xavfsizligini ta’minlashda ham ishtirok etgan.
«Qora dengiz floti kemalariga va fuqarolik kemalariga qarshi amalga oshirilgan terrorchilik harakatini hisobga olib, Rossiya tomoni Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishni to‘xtatadi», deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Mavzuga oid
11:40
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40
NATO yangi bosh kotibi G‘arbning Ukrainaga yordamini kuchaytirishga va’da berdi
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024