Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallada huquq-tartibot maskanlari faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot taqdim etadi.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlari faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalari hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo‘yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari o‘z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
- profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (har kunlik asosda);
- mazkur hududda xizmatni o‘tash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, probatsiya bo‘linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
- jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya bo‘linmasi va boshqa vakolatli davlat organlari xodimlari, jamoat tuzilmalari vakillari.
Mavzuga oid
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026