Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni to‘qimachilik qo‘shma korxonasini ta’sis etadi
O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Jidda shahrida Sitra to‘qimachilik kompaniyasi direktori Umar al-Saqqof bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistonidagi to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini podshohlikka eksport qilish va qo‘shma korxona ta’sis etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Umar al-Saqqof saudiyalik investorlar mamlakat vazirlik va idoralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, to‘qimachilik sohasidagi loyihalarga birgalikda investitsiya kiritish istagida ekanini bildirdi.
Tadbirkor O‘zbekistondagi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini Saudiya Arabistoni podshohligi bozoriga olib kirishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni to‘qimachilik qo‘shma korxonasini ta’sis etish bo‘yicha fikr almashdi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
08:37 / 29.05.2026