Jahon | 15:52 / 02.11.2022
5413
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya «g‘alla kelishuvi»da ishtirok etishni qayta boshlaganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Qora dengizdagi gumanitar yo‘laklar orqali xavfsiz eksport qilish bo‘yicha «g‘alla kelishuvi»ni amalga oshirishni qayta boshlaganini ma’lum qildi. 

Foto: AP

Vazirlikning bildirishicha, BMT va Turkiya tufayli Rossiya Ukrainadan Ukrainaning gumanitar koridor va portlaridan Rossiya Federatsiyasiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun foydalanilmasligi haqida zarur yozma kafolatlar olgan

«Rossiya Federatsiyasi hozirda olingan kafolatlar yetarli deb hisoblaydi va kelishuvni amalga oshirishni davom ettiradi», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Bundan oldin Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov 3 noyabr kuni Qora dengiz g‘alla tashabbusi doirasida kemalar harakati qayta tiklanishini ma’lum qilgandi.

Kutilishicha, «g‘alla yo‘lagi» orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortib olingan 8 ta kema o‘tadi. 

Ukraina tomoni BMTdan tasdiqlov oldi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Aleksandr Kubrakov.

Avvalroq Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 21 million tonnaga yetgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid