Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina yadro obektlarida "iflos bomba" tayyorlash belgilari topilmadi
AEXA Kiyev so‘roviga ko‘ra, Rossiya da’vo qilganidek, «iflos bomba» tayyorlanishi mumkin bo‘lgan Ukrainadagi bir qancha obektlariga mutaxassislar yubordi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Ukrainada «iflos bomba» ishlab chiqish yoki boshqa e’lon qilinmagan yadroviy faoliyat belgilarini topmadi. Bu haqda 3 noyabr, payshanba kuni agentlik bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi.
AEXA Ukraina hukumati so‘roviga ko‘ra uch obektga – Kiyevdagi Yadro tadqiqotlari instituti, Jyelti Vodidagi Sharqiy kon-qayta ishlash kombinati va Dniprodagi Janubiy mashinasozlik zavodiga mutaxassislar yubordi. So‘rovga rossiyalik siyosatchilar, jumladan, prezident Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Ukraina «iflos bomba» yordamida provokatsiyalar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi.
Agentlik matbuot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, inspektorlar tomonidan barcha rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilgan, ularga obektlarga to‘siqsiz kirish imkoni berilgan. Keyinchalik tahlil qilish uchun ular atrof-muhit namunalarini ham oldi.
«Iflos bomba» - bu odatiy portlovchi qurilmadan tashkil topgan faraziy ommaviy qirg‘in quroli bo‘lib, u portlatilganda o‘z atrofida radioaktiv moddalarni tarqatadi.
23 oktyabr kuni Sergey Shoygu bir necha davlat mudofaa vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadan ehtimoliy provokatsiya haqida ogohlantirgan. Bu ma’lumot Rossiya davlat matbuotida ham paydo bo‘ldi. Kiyev AEXAga rossiyalik siyosatchilar gapirgan barcha obektlarni tekshirishni taklif qildi. Putin Valday forumida nutq so‘zlab, bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Kiyev Moskvaning so‘nggi ayblovlarini qat’iy rad etdi. «Agar Rossiya qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina go‘yoki nimadir tayyorlayapti, desa, bu bir narsani anglatadi: Rossiya bularning barchasini allaqachon tayyorlab qo‘ygan», — dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «iflos bomba» haqidagi gapga.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026