Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya: KXDR yadro qurolidan foydalansa, bu u yerdagi rejim intihosiga aylanadi
AQSh va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari bu yil rekord miqdordagi ballistik raketa uchirayotgan Shimoliy Koreya tahdidlari fonida «Sergak po‘rtana» mashqlarini davom ettiradi.
AQSh va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari, agar KXDR yadro qurolidan foydalansa, Kim Chen In hokimiyatdan ayrilishini aytdi. Bu haqda 4 noyabr, juma kuni «Amerika Ovozi» xabar bermoqda.
«Vazir Lloyd Ostin va men KXDRning har qanday yadroviy hujumi, jumladan, taktik yadro qurolidan foydalanishi qabul qilinishi mumkin emasligini hamda Kim Chen In rejimini alyansning keskin va qat’iy javobi shaklida tugatishini yana bir bor tasdiqladik», dedi Pentagondagi matbuot anjumanida Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi rahbari Li Jong Sop.
Shuningdek, mamlakatlar KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan «Sergak po‘rtana» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini davom ettirishga qaror qildi. Bir necha ming amerikalik va janubiy koreyalik askar ishtirokidagi manyovrlar 4 noyabr kuni yakunlanishi kerak edi, ular qancha muddatga uzaytirilgani aytilmagan.
Noyabr oyida Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 20 tadan ortiq ballistik raketa uchirdi. Ulardan biri Janubiy Koreyaning hududiy suvlari yaqinidagi qirg‘oqqa qulagan. Seul Kim Chen In hukumatining harakatlarini «hududiy bosqinchilik» deb atadi. Oktabr oyi o‘rtalarida Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida raketalar uchirdi. Bunga javoban Seul Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritdi va AQSh bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026