Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari yomg‘irli ob-havo kutilyapti
O‘zbekiston hududiga nisbatan yuqori harorat fonida Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishi davom etadi.
Bugun O‘zbekiston janubiy viloyatlari va Farg‘ona vodiysida jadal yomg‘irlar yog‘adi. Qolgan hududlarda faqat ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga hudud katta qismida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kun ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni respublika hududi katta qismida yana yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kuzatiladi. Baland tog‘larda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
11:03 / 19.06.2026