Gruziya Markaziy banki raisi Koba Gvenetadze Gruziya dollarlaşuvni kamaytiriş uçun yumşoq kuç vositalarini qöllagani, buning uçun tartibga soluvçi hujjatlar qabul qilinib, stimul yaratilganini aytdi.
Uning sözlariga köra, 7 yil oldin kredit dollarlaşuvi 70 foizni taşkil qilgan bölsa, hozir 45 foiz. Gvenetadze dollarlaşuvni pasaytirişda past inflatsiya va makromuvozanatni ta’minlaş zarurligini, bu investorlar uçun ham muhimligini ta’kidladi.
Qozoğiston Markaziy banki raisi Galimjan Pirmatov esa Qozoğiston dollarlaşuvni kamaytirişga emas, inflatsiyani pasaytirişga asosiy e’tiborini qaratganini aytdi. Natijada, uning ta’kidlaşiça, mamlakat öz tarixidagi eng past inflatsiya körsatkiçiga erişiş orqali dollarlaşuvni töxtata olgan.
Özbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov forum doirasida Kun.uz muxbirining dollarlaşuv haqidagi savoliga javob berdi. Uning sözlariga köra, majburiy rezervlarning 18 foizga kötarilişi va milliy valutadagi depozitlar böyiça foiz stavkasining xorijiy valutadagiga qaraganda jozibadorligi tabiiy ravişda Özbekistonda dollarlaşuv darajasini kamaytirib boryapti.
“Oxirgi 10 oy yakunlari böyiça depozit tarkiblarini örganganimda sezilarli pasayiş bor – 27,5 foiz depozitlar xorijiy valutada. Aytmoqçi bölganim, biz ham dollarlaşuv darajasi oşib ketmasligi uçun instrumentlardan foydalanamiz, endi buni har doim sizga öxşab söraşmaydi, aytib ötirmaymiz, ammo bu narsa doimiy nazoratimizda”, – dedi Nurmurodov.
Regulyator rahbari Markaziy banklarning dollarlaşuvga nisbatan “yumşoq kuç” siyosatiga ta’rif berarkan, bu çeklov va taqiqlarsiz dollar miqdorini kamaytiriş siyosati ekanini aytdi.
“Milliy valutadagi depozitlar jozibadorligi öz-özidan xorijiy valutadagiga qaraganda depozitlarni sömda qöyişga undaydi. Bizda 4 oy oldin şu narsa kuzatildi, ya’ni dollar depozitlaridan milliy valutadagi depozitlarga ötiş jarayoni. Bu hozir ham davom etyapti. Bu söm jozibadorligi oşgani va sömimiz nisbatan barqarorligi bilan izohlanadi”.
Kun.uz muxbirining 2022 yil fevralda boşlangan uruş, geosiyosiy vaziyat çigallaşuvi ortidan Özbekistonda dollarlaşuv oşdimi deya bergan savoliga Nurmurodov quyidagiça javob berdi:
“Bizda dollarlaşuv kredit qöyilmalari tarkibida ham, depozitlarda ham sekin-asta pasaymoqda. Xorijiy valutada çetdan mablağ olib kelişga imkoniyat va şaroitlar yengil bölganida çetdan arzon pullar olib kiriş mumkin böldi. Xuddi şu paytda banklar ham, mijozlar ham xorijiy valutani köpaytirdi. Bu öz-özidan bizda dollar hajmini oşirdi. Hozir şaroit şundayki, har qanday bank ham valuta olib kela olmaydi, ma’lum şartlar bor. Şu kabi sabablar ta’sirida dollarlaşuv sekin-sekin kamayib boradi”.
















