Jahon | 15:59 / 04.11.2022
23250
8 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda sham yorug‘idagi kafe, Xarkivda o‘lja qilingan texnikalarni sozlayotgan jangchilar. Urush suratlari

Urushning 253-kuni. Asosiy ma’lumotlar

  • Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Xarkiv va Dnepropetrovsk oblastlaridagi aholi yashash manzillariga raketa va aviatsiya zarbalari yo‘lladi. Shuningdek kamikadze dronlar orqali bir necha hujum uyushtirishga urinish bo‘lgan. Bu hujumlar oqibatida 82 yoshli ayol halok bo‘lgani va olti kishi yaralangani ma’lum. Xususiy turar joylar, maktab binosi va yonilg‘i quyish shoxobchasida vayrongarchiliklar kuzatilgan. Dnepropetrovsk oblastida energetika va suv infratuzilma obektlari shikastlangan.
  • Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, o‘tgan kunda Rossiya armiyasi 750 nafarga yaqin kishi, 20 tank, 27 zirhli transportyor, shuningdek 22 ta artilleriya qurilmalari va uchta baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan ayrilgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, rossiyaliklarning shaxsiy tarkibdagi jami yo‘qotishlari 74 mingga yetgan.
  • Navbatdagi asirlar almashinuvi doirasida Ukrainaga 107 kishi - 6 ofitser, 101 nafar oddiy askar va serjantlar qaytarildi. Ozod etilganlarning katta qismi - 74 kishi - «Azovstal» mudofaasida qatnashgan jangchilardir. Rossiya ham 107 asirni qaytargan, ularning katta qismi - 65 kishi «DXR» va «LXR» fuqarolari.
  • Xerson oblasti ma’muriyati binosidagi flagshtokdan Rossiya bayrog‘i yo‘qolib qoldi. Avvaliga bu Xersondagi partizanlar ishi ekani taxmin qilindi. Ammo Ukraina janubidagi mudofaa kuchlari matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyukning aytishicha, bu Rossiya tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin - Xerson oblastidagi aholi yashash manzillari tashlab ketilgani va bu yerlarga kirish xavfsizligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otish uchun.
  • RF mudofaa vazirligi «Moskva» kreyserida xizmat qilgan yana 17 nafar dengizchi o‘limini rasman tasdiqladi, bungacha idora faqat bir kishining o‘limini rasman tasdiqlagan, qolganlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgandi.
  • Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Ukrainada «iflos bomba» ishlab chiqish yoki boshqa e’lon qilinmagan yadroviy faoliyat belgilarini topmadi. Agentlik Rossiya rasmiylari Ukrainani past quvvatli «iflos bomba» yaratishda ayblaganidan so‘ng, Ukrainadagi uchta yadro inshootini tekshirishga kelgandi.
  • OAVga bergan izohida Rossiya banklari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Voylukov Ukrainaning yaqinda RF tarkibiga qo‘shib olingan to‘rt hududi (Qrim hisobga olinmaganda) moliyaviy ta’minoti uchun Rossiya yana qo‘shimcha 900 mlrd rubl bosib chiqarishiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirdi.

Quyida 3 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donetsk o‘qqa tutilishi 

Donetskning Kiyev rayoni o‘qqa tutilishi vaqtida avtobusning ikki yo‘lovchisi va haydovchi yaralangan. Shahar o‘qqa tutilishi soat 10 da Orlovka posyolkasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Donetsk bo‘ylab olti raketa uchirilgan, ular «Izumrud» do‘koni hududida va shahar ma’muriyati atrofida portlagan.
Leon Klein ​/ Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari tomonidan zarba berilishi oqibatida avtobusdagi ikki yo‘lovchi va haydovchi yaralangan. Shahardagi turar joy binolaridan birida yong‘in chiqqan.
Mixail Tereshchenko / TASS

Mikolayivlik sportchi yaradorlar va och qolgan jonivorlarga mehribonchilik qilmoqda

Pauerlifting bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni Anna Kurkurina Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin Mikolayivda qolgan. U ko‘ngilli sifatida egasiz qolgan va shahardagi chiqindixona va qabristonlarda to‘planadigan uy jonivorlariga yegulik berish bilan shug‘ullanib keladi. «Uy jonivorlari hovlida yashaydiganlaridan farq qiladi, agar ularni tashlab qo‘yishsa, nobud bo‘lishadi», — deydi Kurkurina. Uning uyida ham bir necha mushuk va itlar yashaydi.

Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Jyek laqabli yarador kuchuk va bir necha mushuk yegulik berilishini kutmoqda.
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

O‘lja qilib olingan texnikalarni ta’mirlayotgan ukrain harbiylari

Xarkiv atrofi. Ukraina Milliy gvardiyasi harbiysi rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan harbiy texnikadan Z belgisini o‘chirib tashlamoqda.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylardan tortib olingan harbiy texnikani ta’mirlash jarayoni.
Vasily Zhlobsky / EPA / Scanpix / LETA

Xerson oblastida ozod etilgan qishloq

Arxangelskoye qishlog‘i — oktyabr oyi o‘rtalariga kelib Xerson oblastida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi davomida ozod etilgan 88 ta aholi yashash manzillaridan biri. Rossiya istilosi chog‘ida 63 yoshli mahalliy fermer Anatoliy Maystrenko uch do‘sti bilan Inguletsning narigi sohiliga, Ukraina nazoratida qolgan hududga suzib o‘tgan, bu hududda ikki yarim ming kishi yashagan. Uning aytishicha, bu yerdagilarning eng yoshi bir oylik, eng kattasi esa 95 yoshda bo‘lgan

Arxangelskoye qishlog‘ida yashovchi Anatoliy Maystrenko
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Yaqinda rossiyalik harbiylar tashlab ketgan Arxangelskoye qishlog‘idagi kutubxona. Devorda Rossiya adabiyotiga bag‘ishlangan stellajda (ochiq javon) Sergey Yesenin portreti.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Arxangelskoyedagi keksa yoshli ayol
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Arxangelskoyeda shikastlangan turar joy binosi. 21 oktyabr kuni Ukraina qo‘mondonligi mamlakat qurolli kuchlari Xerson oblastida jami 12 ming kishi yashaydigan 88 ta aholi yashash manzillarini ozod etgani haqida xabar bergan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Kupyanskni tiklash ishlari

Kupyansk — Xarkiv oblasti sharqidagi shahar bo‘lib, bosqinning ilk kunlaridayoq rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingandi. Keyin bu yerda rossiyaparast ma’muriyat joylashdi. Sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlarining keng ko‘lamli qarshi hujumi davomida Ukraina shahar ustidan nazoratni qaytarib oldi. Shundan buyon Kupyansk doimiy ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda.

Chapda yotgan qora paketga Rossiya tomonidan berilgan navbatdagi zarbalar qurboniga aylangan ayol jasadi solingan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Uy-kommunal xo‘jaligi ishchilari harbiy harakatlar chog‘ida shikastlangan elektr uzatish liniyasini ta’mirlashmoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda elektrning rejali o‘chirilishi 

Kiyevdagi Mustaqillik maydonida tankka qarshi to‘siqlar.
Ed Ram / Getty Images
Kiyevda elektr o‘chirilgan mahalda shahar kafelari shamlar bilan yoritilmoqda.
Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETA
Elektr rejali o‘chirilgan vaqtda mashinada o‘tirgan ayol
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda elektr o‘chishi bo‘yicha tuzilgan grafik. Fotodagi qiz qaysi vaqtda qayerda tok o‘chishini tekshirib ko‘rmoqda.
Ed Ram / Getty Images
Tok o‘chishi vaqtida shahar ko‘chalari.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid