Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Layk yig‘ish maqsadida tarqatilgan video jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi uchun asos bo‘ldi
Poytaxtning Shayxontohur tumanida uch yigit avval janjallashib qolgan tanishining uyiga kelgan. Ularning ikki nafari tanish yigitni do‘pposlagan, uchinchisi esa hodisani videoga tushirgan. Layk yig‘ish maqsadida internetda tarqatilgan mazkur video holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga olib keldi.
Toshkent shahar IIBB Telegram-kanallarida tarqalgan, ikki kishining begona uyga bostirib kirib, uy ichidagi yigitni do‘pposlayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea 2 noyabr kuni soat taxminan 21:00 larda yuz bergan. 1999, 2000 va 2005 yilda tug‘ilgan uch yigit o‘zlari bostirib kirgan uyda yashovchi 19 yashar Daniel bilan oldindan tanish bo‘lishgan. Ular o‘zaro janjallashib qolishgani sababli uchovlon Danielning uyiga bostirib kirib, uni urib jarohatlashgan.
Toshkent shahar IIBB bayonotida yigitlardan biri mazkur jarayonni videoga olgan, so‘ngra “layk yig‘ish maqsadida” ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgani ta’kidlanadi.
Internetga chiqib ketgan video muhokamalarga sabab bo‘lgani ortidan holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq IIV Qoraqalpog‘istonda bir guruh qizlar o‘zlari tengi qizni do‘pposlab, samosud qilishganiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
08:30 / 26.01.2026
Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
13:30 / 21.01.2026