Namanganda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs 5,5 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi.
DXX xabariga ko‘ra, tuman hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, yana bir pora olish bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida qayd etilgan.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
19:25 / 23.11.2024
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
19:15 / 23.11.2024
DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba
19:57 / 22.11.2024