Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qurollarni endi avvalgidek ko‘paytira olmaydi - Bayden
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya o‘z qurolli kuchlarini ta’minlashda allaqachon muammolarga duch kelgan.
Foto: AR / Patrick Semansky
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, jumladan, ushbu maqsadlar uchun 52 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi CHIPS and Science Act qonunini qabul qilish orqali o‘z samarasini berdi.
Bayden so‘zlariga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi Amerika iqtisodiyotidagi vaziyatni sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgartirdi.
Amerika prezidenti yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish milliy xavfsizlik masalasi ham ekanini ta’kidlab, xususan buni Ukrainaga yetkazib beriladigan Javelin raketa tizimlarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin mudofaa konserni misolida tushuntirdi.
«Ukrainaga Javelin raketalarini yetkazib berishda muammolarga duch keldik, chunki Lockheed Martin kompaniyasida chiplar, kompyuter chiplari yo‘q edi. Putinning shafqatsiz va asossiz urushida o‘zini himoya qilishlari uchun biz bu yigitlarga Javelin tizimlarini yubordik», dedi Bayden.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya o‘z qurolli kuchlarini ta’minlashda allaqachon muammolarga duch kelmoqda va buning sabablaridan biri Qo‘shma Shtatlar Moskvaga o‘z qurollarini yaratish uchun zarur bo‘lgan narsalarni olishni qiyinlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya kompaniyalari G‘arb sanksiyalari tufayli texnologik inqirozga yuz tutmoqda. Ular tufayli yarimo‘tkazgichli sxemalar, ma’lumotlar markazi uchun zarur bo‘lgan elektr va kompyuter uskunalari tanqisligi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026