– Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkilotidagi hozirgi va kelgusidagi manfaatlari nimadan iborat?

Abdulla Abduqodirov:

– Turkiy kengaş bu – nomidan ham ma’lumki, tarixiy birlik va qadriyatlar asosida taşkil topgan taşkilot. Tarixiy birlik bilan esa iqtisodiy, madaniy va siyosiy hamkorlik olib boriş birmunça qiyinçilik ham tuğdiradi. Masalan, madaniy sohada bu oson, ammo iqtisodiy va siyosiy sohalarni olib boriş murakkab deb qaraladi. Töğrisini aytadigan bölsak, bunaqa taşkilotlarda bir yoki ikkita mamlakat drayver böladi. Agar biz Turkiyani drayver deb oladigan bölsak, bu davlatning turli yillarda turli davlatlari bilan muammolari va ziddiyatlari juda ham köpayib ketdi. Balki şu sabablidir, turkiy davlatlar deganda köp yutuqlarga hali biz yetib kelganimiz yöq. Buning har tomonlama muhimligini endi-endi anglab kelyapmiz. Şuning uçun ham Samarqand sammiti qandaydir buriliş nuqtasi böladi deb öylayman.

Birgina logistika masalasini oladigan bölsak, juda katta işlarni amalga oşiriş mumkin. Hozirda mavjud muammolardan eng kattasi ham ana şu va bu masalalarni hal qiliş aynan bugun uçun muhim va tezlik bilan hal etişni talab qiladi. Birgina misol, avvallari Turkiyadan mol xarid qilsangiz, u Eron orqali 2 haftada qölingizga yetib kelar edi. Hozir bu muddat 3-4 haftaga çözilib ketgan. Uşbu sammitda biz uçun eng manfaatli bölgan jihatlar bular, savdo-sotiq masalasida logistika muammosini hal etişdir. Turkiyaga çiqiş degani, dengiz orqali dunyo bozorlariga çiqiş deganini anglatadi.

Yana bir muhim yönalişlardan biri bu – özaro investitsiya masalasidir. Birgina Antaliyaning özida 400 dan ortiq özbek oilalari uy-joy qilib yaşab kelmoqda. Bu ham kiçik investitsiya emas. Öylaymanki, Samarqandda kutilayotgan sammitda Özbekiston tomonidan bir neçta taşabbuslar ilgari suriladi va bu savdo-sotiq hamda madaniyat jihatlarni töldirişga kömak beradi.

Kamoliddin Rabbimov:

– Bu sammitning siyosiy jihatdan ham ahamiyati yuqori. Turkiy davlatlarning kengaşiga a’zolikda birinçi masala bu geosiyosat va xavfsizlikdir. Çunki dunyodagi eng katta uruş post sovet davlatlari orasida bölyapti. Davlatlar özining geosiyosiy qutbini yaratişga harakat qilyapti. Rossiyaning ta’siri ostidan çiqib ketmagan eng katta hudud – Markaziy Osiyodir. Ukraina bu doiradan çiqib ketdi. Şuning uçun ham turkiy davlatlar hamda Turkiya bilan hamkorlik mintaqada strategik ahamiyatga ega. Özbekiston mustaqil bölganda birinçi bölib uni tan olgan davlat bu Turkiyadir. Turkiya Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil bölişini salkam bir asr kutdi. Bugun Yevrosiya hududidagi geosiyosiy ziddiyat juda çigal. Şuning uçun turkiy davlatlarning bir-birini geosiyosiy jihatdan qöllab-quvvatlaşi va resurs bilan ta’minlaşi juda muhim. Davlatlar çegarasi heç qaçon özgarişsiz qolmaydi, yo muttasil torayadi, yo kengaya boradi. Şuning uçun turkiy davlatlar bilan hamkorlik qilişdan boşqa muqobillik mavjud emas. Özbekistonning bir qança tarkibiy özliklari mavjud. Biz musulmon va turkiy dunyolarning tarkibiy qismimiz. Ammo ona suti bilan kiradigan özliklardan bittasi turkiy oilaning bir qismimiz.