Keyingi haftalar va oylarda Donald Trampning diqqat markazida Yaqin Şarq emas, Rossiya–Ukraina uruşi ham emas. Hatto Xitoy bilan “poyga” ham ahamiyat jihatidan biroz quyi darajaga tuşgan. AQŞ prezidentining asosiy e’tibori Venesuelaga qaratilgan. Bu davlat çegaralari yaqinida Amerika harbiy kuçlari joylanmoqda.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz’dagi kolonkasida AQŞ – Venesuela ziddiyatining motivlari haqida söz yuritadi.

Venesuela – Özbekiston uçun dunyoning narigi tomoni, Janubiy Amerikada joylaşgan. Janubiy Amerika – biz uçun eng uzoq qit’a. Biroq agar AQŞ Venesuelaga uruş oçsa, bu dunyo geosiyosatiga, iqtisodiyotiga, jumladan, neft narxiga jiddiy ta’sir qiladi.

Venesuela kiçik davlat emas. Uning sarhadi 916 ming kvadrat kilometrni taşkil qiladi, va bu bilan Özbekistondan (448 ming kv. km) ikki baravardan ham sal kattaroq hisoblanadi. Aholisi esa ötgan 2024 yilda 28,4 millionni taşkil qilgan.

Tramp Venesuelaga qarşi axborot uruşini boşlaganida, köpçilik qatori men ham bu axborot kampaniyasini “yolğon”, “psixologik bosim”, xalqaro ibora bilan aytganda “blef” deb qabul qildim. Bunga asos bor edi. Tramp şu paytga qadar Kanadaga bosim qilib, “51-ştat böl” dedi — bölmadi. Grenlandiyani qöşib olmoqçi böldi — öxşamadi. Panama kanalini töliq özlaştirmoqçi böldi — bu ham amalga oşmadi. Biroq Venesuelaga nisbatan bosim borgan sari oşib bormoqda.

Hozirda Venesuela atrofida, Karib dengizida jami 13 ta amerikalik harbiy kemalar jamlandi. Ulardan uçtasi aviataşuvçi, ya’ni öz gardanlarida qiruvçi samolyotlarni taşib yuradi. Eng yirik samolyot taşuvçi kema — “Jyerald Ford” ham Karib dengizida. Qolgan ikkitasi ham uzoqqa uçuvçi raketalar bilan jihozlangan. Ikkita yoqilği taşuvçi katta tanker ham Karibda. Venesuela atrofiga keltirilgan harbiy askarlar soni ön mingdan oşgan. Har hafta bir neça marta katta raketa taşuvçi yirik samolyotlar Venesuela osmoni ustidan uçib, mahalliy harbiylarga psixologik bosim ötkazmoqda.

Xöş, Trampning rasmiy va norasmiy motivlari nimalardan iborat? Venesuela – Lotin Amerikasidagi eng aksil-amerikaçi davlatlardan biri. Oldingi prezident Ugo Çaves ham, hozirgi Nikolas Maduro ham mintaqada va xalqaro maydonda AQŞ siyosatini “imperialistik”, “gegemonistik” deya tanqid qilib kelgan. Şu bois ular Vaşingtonda yomon köriladigan siyosatçilar hisoblanadi. Oldingi AQŞ prezidentlari Venesuela rejimiga u qadar katta e’tibor bermagan bölsa, Trampning bu mamlakat borasida jiddiy rejalari bordek körinadi.

Tramp saylov kampaniyasi çoğida Amerika xalqiga narkotik moddalar bilan jiddiy kuraşişga va’da bergan edi. Saylanişi bilanoq Davlat departamentiga topşiriq berib, narkotik işlab çiqaruvçi va taşuvçi guruhlar, kartellar va şaxslarni “terroristlar” röyxatiga kiritişni buyurdi. 2025 yil fevral oyi oxirida Davlat departamenti özining “terroristik taşkilotlar röyxatini” yangiladi va unga narkotik kartellar bilan bir qatorda Venesuela prezidenti Maduro ham “narkotik moddalar tranziti” va kartellar bilan hamkor sifatida kiritildi. Maduroni qölga oliş haqida ma’lumot berganlarga 15–25 million dollar mukofot puli e’lon qilingan bölsa, şu yil avgustda bu summa 50 millionga yetkazildi. Bu bilan AQŞ Maduroni dunyodagi eng yirik narkosavdogar deb e’lon qildi.