Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada yo‘lovchi samolyot suvga quladi. Baliqchilar odamlarni qutqargan
Afrika sharqidagi Tanzaniyada yo‘lovchi samolyot Viktoriya oroliga quladi. Uchoq yaqin atrofdagi Bukoba shahri sohiliga qo‘nishi kerak edi.
Samolyot bortida 43 kishi bo‘lgan. Ularning 19 nafari vafot etgani aytilmoqda. Favqulodda xizmatlar 26 kishini qutqarib qolgan, ularning 2 nafari uchuvchilar bo‘lgan. Ammo keyinroq mamlakat bosh vaziri uchuvchilar olgan jarohatlari oqibatida vafot etganini ma’lum qildi.
Precision Air aviakompaniyasiga tegishli ATR 42 samolyoti Tanzaniyaning yirik shahri Dorussalomdan Bukobuga Mvanzu orqali parvoz qilayotgan bo‘lgan. BBC muxbiri bilan suhbatlashgan guvohlardan biri Abdul Nuri samolyot qanday cho‘kkanini gapirib berdi: «Bu juda dahshatli bo‘ldi. Ko‘plar vahimaga tushdi, baqirdi, yig‘ladi. Kutish zalida turganlar ham vahimaga tushib qolishdi. Ularning aksari qarindoshlarini kutayotgandi», deydi guvoh.

Nurining aytishicha, mahalliy baliqchilar samolyot cho‘kkanidan keyin qayiqda uning yaqiniga borib, bir necha yo‘lovchini qutqarib qolgani haqida gapirib bergan. Bort kuzatuvchisi orqa eshikni ochishga ulgurgan, yo‘lovchilar o‘sha yerdan chiqib qutilib qolgan.

Aviahalokat noqulay ob-havo sabab sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ammo samolyot qulaganidan keyin yomg‘ir to‘xtagan va qutqaruvchilar odamlarni qutqarishga yetib bora olgan. Favqulodda xizmat xodimlari halokatdan keyin uchoqni sohilgacha sudrab bora olishgan, samolyot suvga cho‘ka boshlagan, sohilga olib kelinganda uning dumigina ko‘rinayotgan bo‘lgan.
Precion Air Tanzaniyaning eng yirik xususiy aviakompaniyasi hisoblanadi. Unga qisman Kenya Airways egalik qiladi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026