Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xavf yuqori emas, ammo biz bunga juda jiddiy qaraymiz». NATO bosh kotibi Rossiya yadro quroli qo‘llashi ehtimoli haqida
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya Ukrainada yadro quroli qo‘llaydi deb hisoblamaydi. Bu haqda u Turkiyaning NTV telekanali uchun intervyusida aytib o‘tdi.
«Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi yuqori emas, ammo bunday qurol qo‘llanishi oqibatlari juda halokatli bo‘ladi, shu tufayli biz bunga juda jiddiy yondashamiz», — degan u.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini mas’uliyatsiz tutmoqda va mulohazasizlik qilmoqda. U shuningdek yadro quroli qo‘llanishi mojaro mohiyatini o‘zgartirib yuborishini ta’kidlagan. «Yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qilgan bosh kotib.
- Ukrainadagi urushning boshidan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro quroli qo‘llash ehtimoliga shama qilib keladi. Sentyabrda u bunday gaplar «safsata» emasligini aytgandi. Ammo oktyabr oyi oxirida u Rossiya Ukraina bo‘ylab yadroviy zarba berishidan «na siyosiy va na harbiy ma’no» bo‘lishini aytgandi.
- New York Times ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oyida Rossiya harbiy qo‘mondonligi o‘tkazgan yig‘ilishda Ukrainada taktik yadro qurolini qo‘llash ehtimoli muhokama etilgan.
- Oktyabr oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va RF qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa mamlakatlardagi hamkasblariga Ukraina go‘yoki «iflos bomba» qo‘llash orqali provokatsiya tayyorlayotgani haqida aytib chiqdi. Keyinroq Xalqaro atom energetikasi agentligi Rossiya biologik qurollar tayyorlanayotganini aytgan obektlarda tekshiruvlar o‘tkazib, bunday da’volarni tasdiqlashi mumkin bo‘lgan hech qanday dalil topa olmadi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026