Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ga «Liverpul», «Bavariya»ga «PSJ» tushdi. YeChL 1/8 finaliga qur’a tashlandi
Bugun, 7 noyabr kuni UYeFAning Non shahridagi qarorgohida Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi.
Qur’a bir qator markaziy o‘yinlarni taqdim etdi. Jumladan, turnirning amaldagi g‘olibi «Real» finalchi «Liverpul» bilan to‘qnash kelgan bo‘lsa, «PSJ» «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
YeChL. 1/8 final juftliklari:
«RB Leypsig» – «Manchester Siti»
«Bryugge» – «Benfika»
«Liverpul» – «Real»
«Milan» – «Tottenhem»
«Ayntraxt» – «Napoli»
«Borussiya» Dortmund – «Chelsi»
«Inter» – «Portu»
«PSJ» – «Bavariya»

Jamoalar odatdagidek uyda va safarda to‘p surib, 1/4 final yo‘llanmasi g‘olibini aniqlaydi. Guruh g‘oliblari javob uchrashuvini o‘z uylarida o‘tkazishadi.
1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 14-15 va 21-22 fevral kunlari, javob o‘yinlari esa 7-8 va 14-15 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nimchorakfinal o‘yinlari bahorda ham Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi-2022/23 yilgi mavsum final bahsi 2023 yilning 10 iyunida Istanbuldagi «Otaturk» stadionida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
16:22 / 27.02.2026
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
12:10 / 26.02.2026
Vini yana raqs tushdi, Turinda drama. YeChLda javob o‘yinlari
12:09 / 01.10.2025