21:18 / 08.11.2022
9785

Shavkat Mirziyoyev Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Sankt-Peterburg bilan hamkorlik salohiyatini samarali ishga solish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun zamonaviy savdo-tijorat va logistika infratuzilmasini yaratish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, uy-joy kommunal xo‘jalik va shaharsozlik sohalarida sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarning davom ettirilishi qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top