Ta’lim | 23:32 / 11.09.2025
2077
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburg O‘zbekistonda rus tili sinfxonalari tashkil etishda ko‘maklashadi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy bilan uchrashib, gumanitar sohada o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Foto: zaks.ru

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda yeparxiya bilan hamkorlikda rus tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan sinfxonalar tashkil etishga kelishib olishdi.

Ta’kidlanishicha, Sankt-Peterburg ushbu sinfxonalar uchun o‘quv materiallari taqdim etishga tayyor.

Bundan tashqari, qo‘shma ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, yozgi ta’lim lagerlari tashkil etish taklifi ham bildirildi. Bu lagerlarda pravoslav madaniyati asoslari o‘rgatiladi.

Shuningdek, Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi. Muloqot davomida O‘zbekiston – Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, Sankt-Peterburg shahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid