Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkent hududida «Peterburg mavzesi» barpo etiladi
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya bilan ushbu va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston – Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, eng avvalo, Sankt-Peterburg shahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi – o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra hududlar darajasidagi eksport-import hajmi 20 foizga oshdi. Poytaxtda Ishbilarmonlik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yangi Toshkent hududida «Peterburg mavzesi»ni barpo etish loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Rossiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi chog‘ida metallurgiya, uskunasozlik, yo‘l qurilishi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika hamda boshqa sohalarda 23 ta kooperatsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi.
Xususiy tibbiyot, ta’lim, kommunal xo‘jalik, raqamli texnologiyalar, migratsiya va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Faol gumanitar aloqalarni davom ettirish va qo‘shma madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil oktyabr oyida ikki mamlakat hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishini samarali o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishildi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026