Jahon | 09:04 / 09.11.2022
11352
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyada 15 800 dan ortiq odam halok bo‘lganlar uchun to‘lovlarni oldi

"Mojyem ob’yasnit" Telegram kanali hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 800 dan ortiq rossiyalik halok bo‘lganlar uchun to‘lov olgan. Shu bilan birga, 1800 ga yaqin og‘ir yaradorlarga mablag‘ o‘tkazildi.

Foto: Claire Harbage/NPR

2 noyabrga qadar Rossiya RF Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Federal xizmati (Rosgvardiya) askarlari va Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan va yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilarga to‘lovlar uchun 166,2 milliard rubl sarfladi. Bu haqda 8 noyabr, seshanba kuni "Mojyem ob’yasnit" Telegram kanali elektron formatda chop etilgan budjet ko‘rsatkichlariga tayanib xabar berdi.

U gap faqat Rossiya fuqarolari haqida ketayotganini, lekin ayirmachi tuzilmalar - «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Luhansk xalq respublikasi» («LXR»)dan, shuningdek, Vagner xususiy harbiy kompaniyasidan (XHK) o‘lgan jangchilar hisobga olinmaganini bildirdi.

"Mojyem ob’yasnit"ning yozishicha, 15 800 dan ortiq odam o‘lganlar uchun to‘lovlarni (9,4 million rubl) olgan. Shu bilan birga, kanal hisob-kitoblariga ko‘ra, nogiron bo‘lib qolgan va xizmat qila olmaydigan qariyb 1800 nafar yaradorga mablag‘ o‘tkazilgan. Hisob-kitoblar kasalxonada bo‘lganidan keyin xizmatni davom ettirishga qodir bo‘lgan yoki nogironlik olmagan yaradorlarni hisobga olmaydi.

Rosgvardiya va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni rasman tasdiqlaganicha yo‘q.

Rossiya rasmiylarining safarbarlik tugashi haqidagi bayonotlariga qaramay, u yashirin rejimda davom etayotgan bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qilgandi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) avvalroq kundalik hisobotida. Bunga misol tariqasida ekspertlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlikni to‘xtatish haqidagi bayonotlaridan so‘ng imzolagan bir qancha farmonlarni keltirishdi. Hujjatlardan biri og‘ir jinoyatlar uchun sudlangani o‘talmagan fuqarolarni safarbar etish imkonini beradi, ikkinchisi harbiy xizmatchilar maqomini «ko‘ngillilar»gacha kengaytiradi.

Bunday ruxsatnomalar safarbarlikni davom ettirish uchun shart-sharoit yaratadi, ammo u rasman «ixtiyoriy xizmat» sifatida taqdim etiladi, deydi amerikalik ekspertlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid