Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan prezidenti Xitoyning yaqin orada orolga bostirib kirishi haqida ogohlantirdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning tajovuzkor rejalari haqida jiddiy dalillar mavjud.
Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi yaqin kelajakda sodir bo‘lishi mumkin va bu shunchaki quruq gap emas. Amerikaning The Atlantic nashriga ko‘ra, bu haqdagi bayonot 8 noyabr kuni Tayvan prezidenti Tsay Ing-ven tomonidan qilingan.
Tayvan rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Xitoy armiyasining orolga bostirib kirishi muqarrardek tuyulmoqda». Ammo Tsay Ing-ven Tayvanda harbiy harakatlar qachon boshlanishi haqida aniq sanani aytmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden AQSh harbiylari Tayvanni ehtimoliy «bosqin» yoki tajovuz bo‘lgan taqdirda himoya qilishini aytgan edi.
Vashington Tayvanni rasman Xitoyning bir qismi deb bilishi va orol mustaqilligini tan olmasligiga qaramay, Pekinning «Tayvan muammosini» kuch bilan hal qilishga bo‘lgan har qanday urinishlariga qat’iyan qarshi chiqadi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026