Jahon | 23:19 / 10.11.2022
21609
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Arktikadan Rossiyaga raketa zarbasi berishni sinovdan o‘tkazdi 

Lockheed Martin kompaniyasining JASSM-ER qanotli stels-raketa paletalari Rossiya hududigacha yetib borishi mumkin. 

Foto: Oklahoma Air National Guard

AQSh Harbiy-havo kuchlari Rapid Dragon konsepsiyasi doirasida Arktikada MC-130J Commando II samolyotlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Uning doirasida uzoq masofaga uchuvchi JASSM-ER qanotli stels-raketa paletalari bilan zarba berish amaliyoti sinab ko‘rildi. 

«Bu raketalar Rossiya hududigacha yetib bora oladi... Biz ittifoqchilarning kengaytirilgan imkoniyatlarini namoyish etib, Rossiyaning tajovuzkorligini, keng qamrovli xatti-harakatlarini tiyib turishga harakat qilmoqdamiz», dedi Yevropa maxsus operatsiyalari qo‘mondonligi podpolkovnigi Lourens Melnikov. 

Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi 2021 yil sentabr oyida xabar qilganidek, Rapid Dragon konsepsiyasi samolyotlarni «qanotli raketalarning halokatli platformasiga aylantiradi. Ular taktik qiruvchi va strategik bombardimonchilarning zarba berish qobiliyatini oshiradi». 

Qayd qilinishicha, paletalarning ishlatilishi «ko‘proq aerodromlardan ko‘proq nishonlarga zarba berish» imkonini yaratadi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid