Germaniya Ukrainaga 30 ta Dingo piyoda jangovar mashinasi va IRIS-T uchun raketalar yubordi
Germaniya hukumati Ukrainaga yangi ta’minot jarayoni haqida xabar berdi. Kiyev Bundesver zaxiralaridan qurol va jihozlar, shuningdek, Germaniya korxonalari mahsulotlari bilan ta’minlangan.
Germaniya Ukrainaga harbiy texnika va qurollarning navbatdagi partiyasini yubordi. Germaniya hukumati saytida 9 noyabr, chorshanba kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevga 30 ta Dingo piyoda jangovar mashinasi, IRIS-T SLM havo mudofaa tizimi uchun raketalar, 18 ta razvedkachi dron, 18 ta uchuvchisiz qurilmalardan himoya uskunasi, beshta M1070 Oshkosh tank tashuvchi va uchta yuk ko‘targichlar keladi.
Germaniya Ukrainani Bundesver zaxiralaridan qurol-yarog‘ hamda Xorijiy sheriklar xavfsizligini ta’minlash uchun yordam ko‘rsatish tashabbusi (Ertüchtigungsinitiative) doirasida moliyalashtiriladigan korxonalar mahsulotlari bilan ta’minlaydi. 2022 yilda Berlin ushbu yordam fondini 2 milliard yevroga kengaytirdi, pulning katta qismi Ukrainaga harbiy yordamga yo‘naltiriladi.
Ertüchtigungsinitiative - Germaniya xavfsizlik siyosatining quroli bo‘lib, ikki federal vazirlik: mudofaa va tashqi ishlar vazirligi tomonidan birgalikda boshqariladi. U mojarolarning oldini olish va cheklashda xorijiy hamkorlar va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
Germaniya hukumati matbuot xizmati muntazam ravishda Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollar ro‘yxatini yangilab boradi. Germaniya Kiyevni Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar artilleriya qurollari, MARS II yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, Stinger portativ zenit-raketa tizimlari va qo‘lda tutiladigan tankka qarshi granatalar bilan ta’minlaydi.
Oktabr oyida Germaniyadagi hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi «Soyuz-90/Yashillar» partiyasi vakillari Ukrainaga qurol yetkazib berish hajmini oshirish tarafdori ekani ma’lum bo‘ldi. 15 oktyabr kuni Bonnda bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida qabul qilingan bayonotda qayd etilishicha, Rossiyaning bosqinchilik urushi «yetarli darajada fuqarolik va harbiy mudofaa qobiliyati qanchalik hayotiy muhim ekanligini» ko‘rsatmoqda. Partiya hamraisi Omid Nuripurning fikricha, Germaniya qo‘lidan kelganicha yordam berishi kerak, «chunki bu qurollar hayotni saqlab qoladi». Noyabr oyida Bundestag Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini qurol bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
23:32
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatmagan - TIV
22:12
Heppi end bo‘lmaydi: urush tugashi bo‘yicha ssenariylar
21:02
Ukraina birinchi marta Britaniyaning Storm Shadow raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berdi - OAV
20:34