Ikki stuldagi Serbiya. Belgrad nihoyat Rossiyadan yuz ögirib, Yevropa tomon qadam taşlaydimi?
|17:32 / 10.11.202219 35117 min
Foto: ANDREJ CUKIC\EPAFoto: ANDREJ CUKIC\EPA
Belarusni hisobga olmaganda, Serbiya Ukrainaga bosqinidan keyin Rossiyaga qarşi joriy qilingan köp bosqiçli sanksiyalarga qöşilmagan yagona Yevropa davlatidir. Bryussel va Vaşington ançadan beri Belgraddan sanksiyalarga qöşilişni oçiqçasiga talab qilib keladi. Sönggi paytlarda Serbiya rasmiylarining ritorikasi asta-sekin özgara boşlagan bölsa-da, hozirgaça Belgrad «bir vaqtning özida stulning ikki tarafida ötirişga» muvaffaq bölmoqda. Bu yana qança davom etişi mumkin?
Kerakli sözlarni aytiş ba’zan şunçalik qiyin böladiki, ular tomoqqa tiqilib qoladi va öşa yerda aytilmay qolib ketadi.
Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri Yevropa Ittifoqi Rossiya, uning hukumati amaldorlari va prezident Putinga yaqin bölgan boşqa şaxslarga qarşi sakkizta sanksiyalar paketini ma’qulladi. Xuddi şu davrda Serbiyada saylovlar bölib ötdi va mamlakatda yangi hukumat hokimiyat tepasiga keldi.
Yangi boş vazir Ana Brnabiç özining inauguratsiya marosimidagi nutqida Moskvaga qarşi sanksiyalar qöllaş imkoniyati haqida bir oğiz ham gapirmadi, garçi bu savol sönggi yarim yil içida Belgradga ham Ğarbdan, ham Şarqdan kelgan mehmonlar tomonidan qayta-qayta berilgan bölsa ham.
Yevropalik hamkorlarning ehtiyotkor diplomatik işoralari allaqaçon töğridan töğri çaqiriqlarga öz örnini böşatib berdi.
«Serbiya Yevropa Ittifoqining taşqi siyosatiga qöşilişga harakat qilişi va Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritişi kerak», degan Yevropa Ittifoqining kengayiş masalalari böyiça komissari Oliver Varxeldji öz hisobotida.
Agar Belgrad sanksiyalarga qöşilmasa voqealar qanday rivojlanadi?
«Hozirça Serbiya öz taşqi siyosatini Bryussel pozitsiyasiga moslaştiriş böyiça rasmiy majburiyatga ega emas», – deydi Belgraddagi Yevropa tadqiqotlari instituti siyosatşunosi Petar Milutinoviç.
Bir tomondan, Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod bölgan har qanday davlat (Serbiya esa Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş amaliyotini boşlagan va rasmiy nomzod maqomiga ega) birinçi navbatda öz diplomatiyasi va mudofaa infratuzilmasini Bryusselning qat’iy talablariga muvofiqlaştirişi lozim.
Boşqa tomondan, tasdiqlangan tartib-qoidalarga köra, Yevropa Ittifoqining taşqi siyosati va jamoaviy Yevropa xavfsizligi böyiça yuzaga kelişi mumkin bölgan kelişmovçiliklar keyinroq, integratsiya jarayonining oltinçi bosqiçida hal qilinişi kerak. Serbiya esa rasman hali bu bosqiçga borgani yöq.
Mavzuga oid
«Serbiyaning hozirgi majburiyati huquqiy emas, aksinça, siyosiy va axloqiydir. Çunki siz allaqaçon nomzod maqomini olgan bölsangiz, demak siz kirişni xohlagan jamiyatning qaraşlari va qadriyatlariga moslaşişingiz lozim», – deydi Milutinoviç.
«Bryussel potensial a’zo davlatlar uçun maxsus muzokara modelini işlab çiqdi. ‘Qayta körib çiqilgan metodologiya’ (yevropalik byurokratlarga u şu nom bilan ma’lum) u yoki bu yönalişdagi siyosiy harakatlar uçun mukofot va jazo tizimi sifatida qurilgan», – deydi siyosatşunos.
Serbiyani Rossiya bilan mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar boğlab turadi: ikki mamlakat ham slavyanlarniki, ikki davlatda ham pravoslavlar asosiy örinda va bir alfavitdan foydalaniladi (Serbiya - davlat darajasida kirill yozuvidan foydalanuvçi Yevropa ğarbiga eng yaqin joylaşgan davlatdir). Foto: ANDREJ CUKIC\EPA
Agar biror yönalişda muzokaralar ança muvaffaqiyatli ketsa, nomzod mamlakat ittifoqqa qöşilmasdanoq qişloq xöjaligini rivojlantiriş yoki bandlikni ta’minlaş uçun Yevropa fondlariga kiriş imkoniyatini qölga kiritadi. Bu vakolat odatda faqat a’zo davlatlar uçun mavjud.
«Serbiyaning barça kamçilik va nuqsonlariga qaramay, Ğarb Belgradga hali köp narsa taklif qila oladi», – deydi London qirollik kolleji harbiy tadqiqotçisi Jyeyd Makglinn.
Agarda integratsiya böyiça natija aniq bölmasa, YeI qöşma loyihalarni moliyalaştirişni töxtatişi yoki hatto Serbiyani ittifoqqa qabul qiliş böyiça muzokaralardan yuz burişi mumkin.
«Serbiya ikki stulda ötirişda davom etsa, Belgradning yevropalik hamkorlari bunga toqat qilişdan çarçaşi va muzokaralar jarayonini töxtatib qöyişi xavfi bor», – deya izoh beradi Parij universiteti siyosiy fanlar fakulteti professori Nataşa Vunş.
Biroq, Milutinoviçning sözlariga köra, Belgrad öz pozitsiyasida qat’iy turişda davom etsa va sanksiyalarga qöşilmasa ham Bryussel muzokaralarni töxtatişi dargumon.
«Uzoq kelajakda muzokaralarni muzlatiş heç kimga foyda keltirmaydi. Germaniya kansleri Olaf Şols bir neça bor tezlaştirilgan kengayiş va Ğarbiy Bolqon ittifoqqa qabul qilinişi tarafdori ekanini aytdi, çunki bu geosiyosiy qaror», – deya tuşuntiradi serbiyalik mutaxassis.
Şunga qaramay, Milutinoviçning aytişiça, geosiyosiy sahnada tektonik özgarişlar röy bermoqda va Serbiya ‘Berlin devori qulaşida yana uxlab qolmasligiʼ kerak. Yevropaga yangi temir parda tuşmoqda, Rossiya va Belarusdan butunlay ajralgan davlatlar bloki vujudga kelyapti», – deydi Milutinoviç.
Yevropa Ittifoqining sakkizinçi sanksiyalar paketidan maqsad — Rossiyani butun dunyodan imkon qadar uzib qöyiş.
Buning natijasida, Yevropaning özi energiya ta’minotining boşqa turlarini, birinçi navbatda, gaz qidirişga majbur bölmoqda. AQŞdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beriş imkoniyati tobora tez-tez tilga olinyapti, Ozarboyjon, Norvegiya, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlari bilan şartnomalar tuzilmoqda. Xuddi şunday muammoni Serbiya ham hal qilişi kerak.
Prezident Vuçiç ritorikasining özgarişi
2022 yil 26 fevral
Rossiya armiyasi 24 fevral kuni Ukraina çegarasini kesib ötib, uç yönalişda keng kölamli hujum boşladi. Belgrad xalqaro huquqning bu oçiq-oydin buzilişiga deyarli ikki kundan keyin munosabat bildirdi. Şunda ham bayonot juda ehtiyotkorlik bilan şakllantirildi: Serbiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatladi, lekin Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşni xohlamadi.
2 mart
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi yiğilişida Rossiya qöşinlarining Ukrainaga hujumini oçiqçasiga qoralagan davlatlar qatorida Serbiya ham bor edi. Prezident Aleksandr Vuçiç Belgradning bu qarorini serblarga «tarix tufayli jim turişga ruxsat berilmagani» bilan izohladi. Uning alohida ta’kidlaşiça, BMT tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya matnida heç qanday sanksiyalar haqida gap yöq.
4 may
Vuçiç Berlinga taşrif buyurdi va u yerda Germaniya federal kansleri Olaf Şols bilan uçraşdi. Uçraşuvdan söng u jurnalistlarga Serbiya Yevropa Ittifoqi bilan Moskvaga qarşi sanksiyalar böyiça jiddiy kelişmovçiliklarga ega ekanligini aytdi. Şu bilan birga, Vuçiç Belgradning Ukrainaga bostirib kirişni qabul qilmaslik böyiça pozitsiyasi «aniq va muhokama qilinmaydigan» bölib qolişini eslatdi.
«Biz özimiz ön yil davomida sanksiyalar ostida yaşadik, şuning uçun ham bizda ularga nisbatan munosabat boşqaça. Serbiya Germaniyaning ham, boşqalarning ham xabarini juda yaxşi tuşundi», – dedi u.
1 oktyabr
«Serbiya Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllamaydi, çunki mamlakat öz siyosatiga qölidan kelgan barça joyda sodiq qoladi va davlat siyosati Milliy xavfsizlik kengaşining xulosasi bilan belgilanadi», – dedi Vuçiç.
25 fevral kuni Serbiya Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Qabul qilingan 15 banddan iborat rezolyutsiyada Serbiya boşqa mamlakatlar hududiy yaxlitligini hurmat qilişi majburiyatiga urğu berildi, biroq Belgrad har qanday sanksiyalarni «faqat özining hayotiy muhim iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadi»da qöllaşi aytildi.
Vuçiçning eslatişiça, bir qança davlatlar vakillari Yevroparlamentni Belgrad Moskvaga qarşi sanksiyalar kiritmagunça Serbiya bilan YeIga a’zolik böyiça muzokaralarni töxtatişga çaqirgan. Serbiya prezidenti bunday çaqiriqlarni siyosiy bosimning yaqqol namunasi deb atadi.
«Endi faqat kimdir bizning boşimizni kundaga qöyib, keyin ‘ana endi biz boltani olamizʼ deyişi qoldi», – degan Serbiya prezidenti.
Biroq 13 oktyabr kuni Yevroparlamentning taşqi siyosat qömitasi Belgradning Yevropa Ittifoqidagi kelajagi böyiça muzokaralarni Serbiya Moskvaga qarşi sanksiyalarga qöşilişidan oldinroq davom ettirişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi.
8 oktyabr
Germaniya va Fransiya vositaçiligida amalga oşiriluvçi Kosovo muammosining yeçimini e’lon qilgan Vuçiç yana bir bor Belgrad Moskvaga qarşi sanksiyalar joriy qilmoqçi emasligini eslatib ötdi va birinçi marta öz pozitsiyasini omma oldida asosladi.
Vuçiçning sözlariga köra, Serbiya heç kimdan qarzdor emas, şuning uçun uning qarorlari faqat mamlakat manfaatlaridan kelib çiqadi.
«Biz buni (sanksiyalarga qöşilmaslikni) gazni çegirma bilan sotib oliş yoki Xavfsizlik Kengaşida Belgradning qöllab-quvvatlanişini ta’minlaş uçun qilayotganimiz yöq.
Biz buni xalqaro huquqlar, özimiz va axloqiy tamoyillarni hurmat qilganimiz uçun qilyapmiz. Çunki sanksiyalar bizga nima qilganini bilamiz», – degan Vuçiç.
Uning aytişiça, Belgrad bu pozitsiyasini «Serbiyaga yetkaziluvçi zarar yanada kattaroq köriniş» olmagunça saqlab qoladi.
«Agar biz bu pozitsiyani ortiq uşlab tura olmasligimizga amin bölsak, ehtimol, kelajakda hukumat boşqaça qaror qabul qiladi», – deya qöşimça qilgan Serbiya prezidenti.
Agar Belgrad Moskvadan yuz bursa buning oqibati qanday böladi?
Oktyabr oyi örtalarida Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Aleksandr Gruşko agar Serbiya Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllasa, Moskvaning hafsalasi pir bölişini aytib, «milliy manfaatlarni közlovçi har qanday hukumat bunday siyosiy qadamga bormasligi»ni oçiq bayonotida ta’kidladi.
«Ğarb bizga qarşi sanksiyalar qöllar ekan, aslida bu sanksiyalar ularning özlariga ham ta’sir qiladi. Serbiya bizga qarşi sanksiyalar joriy qiladimi yoki yöqmi, bizga farqi yöq deb aytmayman. Albatta, biz xafa bölamiz», – deya «Sputnik» naşri jurnalisti savoliga javob bergan Gruşko özining Belgradga safari çoğida.
Şu bilan birga, «Kommersant» gazetasi qayd etişiça, vazir örinbosarining Belgradga taşrifi haqidagi xabar faqat Rossiya taşqi işlar vazirligi saytida paydo bölgan. Serbiya hukumati esa obröli rus amaldorining mamlakatga safari davomida bu haqda biror marta söz oçmagan.
«Ğarbning qat’iy talablari baribir öz ta’sirini körsatdi. Ötgan hafta Serbiya BMTning Rossiya referendum orqali Ukrainaning tört oblastini öziga qöşib olganini qoralagan rezolyutsiyasini qöllab-quvvatladi. Serbiya rahbarlarining ritorikasi ham özgardi», – deya xulosa qilgan «Kommersant».
Şuningdek, gazetaning qayd etişiça, bu safargi uçraşuv press-relizida «qardoş Rossiya»ga qarşi heç qanday sanksiya qöllanmasligi haqidagi odatiy bayonotlar yöq edi.
Makglinning aytişiça, Rossiya bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan «köngilsizlik» Serbiya uçun oğriqli bölişi ehtimoli past.
«Moskvaning hozir döstlari kam va ular diplomatik tanqidga örganib qolgan. Belgrad va Moskva örtasidagi oldingi bahslarda Rossiya odatda an’anaviy ikki tomonlama uçraşuvlardagi öz iştirokini bekor qiliş bilan javob bergan (masalan, Belgrad ozod qilingan kunni nişonlaşga borişdan boş tortgan).
«Biroq, sanksiyalarni qöllaş böyiça potensial qaror yanada kengroq oqibatlarga olib kelişi mumkin. Agar Vuçiç Moskvaga nisbatan sanksiyalar qöllaşga qaror qilsa, Rossiya Serbiyada Putin tarafdorlari tölqinini kötarib, aholini Vuçiçga qarşi qöyiş uçun riçaglarga ega», – deydi Makglin.
Bunga misol sifatida u Rossiyaning Qoratoğdagi (Çernogoriya) saylovlar natijalariga ta’sir ötkazişga urinişini keltiradi. Moskva bu ayblovni doimiy ravişda rad etib kelmoqda.
«Albatta, agar Belgrad sanksiyalarga qöşilsa, Rossiya u yoki bu tarzda Serbiyani jazolaşga harakat qiladi. Bu katta ehtimol bilan, Moskvaning Kosovo böyiça pozitsiyasini özgartiriş yoki Bosniya serblarining öng yoxud barça turdagi siyosiy guruhlari bilan siyosiy aloqalarni mustahkamlaşni boşlaş orqali amalga oşiriladi. Ikkisi ham Vuçiç uçun jiddiy boş oğriğiga aylanişi mumkin», – deya taxmin qilgan mutaxassis.
«Biroq unutmasligimiz kerakki, Rossiya endi iqtisodiyot, geosiyosiy va xavfsizlik masalalari böyiça u qadar kuçli emas», – deya qöşimça qilgan Makglin.
Kosovo masalasi
Pravoslavlik va kirill alifbosidan foydalaniş kabi umumiyliklar, slavyan birodarligi va yaqin madaniy aloqalardan taşqari, Serbiya-Rossiya munosabatlarining asosini energiyaga qaramlik va Kosovo masalasidagi qöllab-quvvatlaş taşkil qiladi.
Milutinoviçning aytişiça, bu masalada Moskva öz manfaatlarini hisobga olgan. Uning ta’kidlaşiça, 2008 yilda Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengaşida Serbiyani qöllab-quvvatlaşi evaziga Serbiya neft va gaz bozoridagi monopolist NIS kompaniyasi Rossiyaning «Gazprom neft» kompaniyasiga arzonlaştirilgan narxda sotilgan.
«Bu sof ratsional işbilarmonlik munosabatlari. Heç qanday his-tuyğular, birodarlik va köp asrlik döstlik yöq. Balki hammasi, aksinça», – deydi serbiyalik mutaxassis.
Uşbu oldi-sotdidan oldinroq Serbiya va Rossiya örtasida 2008 yil dekabrida davlatlararo şartnoma imzolangan. Şu yili Kosovo bir tomonlama özining Serbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan.
Foto: BBC/JAKOV PONJAVIC
«Aslida Kreml Kosovo masalasiga yeçim topilişidan manfaatdor emas. Ayniqsa, bu jarayonda Rossiya iştirok etmasa. Şunday ekan, Serbiya qandaydir yon berişlarga bormasa, Yevropa Ittifoqiga tomon real qadam taşlolmaydi», – deydi Makglinn.
«Serbiya uçun boşqa foydali ittifoqçilar bor, masalan, Ispaniya va bugungi kunda Ukraina. Ular ança kiçikroq imtiyozlar evaziga Belgradning Kosovo böyiça pozitsiyasini qöllab-quvvatlaşga tayyor», – deya qöşimça qiladi ekspert.
Fransiya va Germaniya taklif qilayotgan yeçimlardan biri Kosovoning BMTga a’zo bölişi (ya’ni xalqaro darajada tan olinişi) bölib, bu Serbiyaga Yevropa Ittifoqi tomon tezroq yöl oçadi.
Şunga qaramay, Makglinning sözlariga köra, bunday takliflarga kör-körona işonib bölmaydi, çunki «asosiy muammo şundaki, hozirda Yevropa Ittifoqining Ğarbiy davlatlari ittifoq kengayişini xohlamaydi».
«Agar Serbiya Kosovo masalasida qandaydir yon berişga borsa, bu faqat aniq kafolatlar ostida amalga oşirilişi kerak. Aks holda, bu serblarning YeIga nisbatan noroziligi va işonçsizligiga sabab böladi, bundan ham muhimi esa, buning natijasida serblarning liberal demokratiya kabi YeIga hamroh bölgan ba’zi xususiyatlardan ham köngli qoladi».
Serbiyadagi elçilar bu borada nima demoqda?
«Belgradga (Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaş uçun) muddat berilmagan, ammo bu masalaga Yevropa davlatlari poytaxtlari, Yevroparlament va umuman Bryusselda katta e’tibor bilan qaralmoqda. Çunki bu butun qit’a kelajagi, bizning xavfsizligimiz va farovonligimiz bilan boğliq masala», – Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Emmanuel Joffr.
«Serbiya uzoq va murakkab sanksiyalar tarixiga ega va biz ularning sanksiyalarga nisbatan alohida munosabatini tuşunamiz. Biroq, mamlakat özining milliy manfaatlariga yaxşiroq qaraşi kerak va işonçim komilki, ertami-keçmi ular kelajaklari Ğarbda ekanligini köradi. Serblarni ular tuşunişi uçun ogohlantirmoqçiman, bu ularning «ona Rossiyasi» emas, biz butunlay boşqa Rossiya bilan iş olib bormoqdamiz. Agar Yevropaga qarasangiz, juda kam sonli davlatlar, menimça, faqat Belarus va Serbiya Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllamagan. Asosiy savol: Serbiya şu jamiyatda qolişni xohlaydimi? – AQŞ elçisi Kristofer Hill.
«Men Serbiya öz milliy farovonligi va fuqarolarining farovonligi haqida öylamaydigan mamlakatlar qatoriga qöşilmasligiga işonaman, biroq biz Serbiyaga sanksiyalar qöllaş borasida bosim ötkazilayotganidan xabardormiz. Kosovo masalasida Moskvaning maqsadi kelişuv Belgrad va Priştina örtasidagi muloqotga asoslanişi va kelişuv Belgrad manfaatlariga javob berişi kerakligidir. Va bu qöllanişi mumkin bölgan sanksiyalar bilan heç qanday boğliqlikka ega emas» – Rossiya Federatsiyasi elçisi Aleksandr Botsan-Xarçenko.