Dunyodagi vaziyat, ittifoqçilar, hamkor davlatlar tarkibi muntazam özgarib borişi dini, tili va an’analari uyğun mamlakatlar örtasidagi haqiqiy döstlikka ehtiyoj naqadar muhimligini körsatadi.

Jahondagi yangi geoiqtisodiy voqeliklar ta’sirida yuzaga kelgan mintaqaviy darajadagi yangi fenomen sifatida ta’rif etilayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti öz oldiga jiddiy maqsadlarni qöygan. Özbekiston mezbonligida ötayotgan navbatdagi yiğilişda qator muhim hujjatlar qatorida “Samarqand deklaratsiyasi” ham imzolanişi kutilmoqda.

Umuman, bu taşkilotga a’zo davlatlar juda köpçilik yönalişda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişni niyat qilişgan.

Pandemiya, iqlim özgarişi, AQŞ, Rossiya, Xitoy, Eron kabi yirik davlatlar örtasidagi “sanksiyalar uruşi”, ta’minot zanjirlaridagi uzilişlar, oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi bilan boğliq dunyo siyosati va iqtisodiyotidagi noaniqlik va notinçlik şaroitida dunyoda obektiv tarzda mintaqaviylaşuv tendensiyasi, mintaqaviy taşkilotlarning, jumladan, Turkiy Davlatlar Taşkiloti harakatlarida faollik kuçaymoqda.

Taşkilotning integratsiya jarayonlari, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiy, turizm, energetika, transport va tranzit hamda madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanyapti.

Transport, energetika va turizm sohalaridagi turli loyihalarning faollaştirilişi TDT doirasidagi yangi tendensiyaga aylanmoqda. Bu esa Taşkilotning iqtisodiy ahamiyatini birinçi öringa olib çiqadi. TDTning "Turkiy nigoh – 2040" rivojlaniş strategiyasi iqtisodiy yönalişida mamlakatlar örtasida tösiqsiz tovar almaşinuvini ta’minlaydigan erkin savdo zonasini yaratiş strategik maqsad sifatida belgilangan.

Taşkilotning BMT Nizomi maqsad va tamoyillariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boşqa tamoyillari va normalariga, şu jumladan suveren tenglik, hududiy yaxlitlik va xalqaro miqyosda tan olingan çegaralarning daxlsizligi, içki işlarga aralaşmaslik, uning oçiqligi hamda uçinçi davlatlar va taşkilotlarga qarşi yönaltirilmaganligi bois bu Taşkilot barça a’zolar uçun işonçli ekanligini körsatadi.

Turkiy davlatlar taşkiloti faqat siyosiy va xavfsizlik masalalari bilan çeklanib qolmaydi. Iqtisodiyot, innovatsiyalar, turizm, transport, fan-ta’lim, madaniyat böyiça ham hamkorlik örnatiladi. Jumladan, taşkilot investitsiya jamğarmasi ta’sis etiladi, iqtisodiyotga innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etiş böyiça qöşma rejalar körib çiqilmoqda. Bundan taşqari Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlar örtasida xalqaro aralaş yuk taşiş töğrisida bitim imzolanişi möljallangan.