Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq to‘lovchilarga ayrim qarorlar ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi berilyapti
"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solish cheklangan vositalari belgilandi. Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi. Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi: tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e’lon berish; yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilar rasmiy dilerlari tomonidan sotish; elektrni shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish; YaTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish.
2023 yil 1 martdan: soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi; barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi; hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHM 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHM 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026